U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
birinchidan, yuqori foyda keltiruvchi kapital qo‘yilmalarning muqobil
imkoniyatlari qisqarib boradi. Natijada kapital jamg‘arishning o‘sishi bilan uning amal qilishining keyingi qo‘shilgan samaradorligi pasayib boradi; ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlarda daromadlarning o‘sishi bilan jamg‘armaning ulushi oshib boradi. Shunga ko‘ra, jamg‘arma hajmi investitsiya sarflari hajmidan oshib ketsa, jamg‘arma egalari muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘ladilar. Bu holatni iqtisodiy adabiyotlarda «tejamkorlik paradoksi» tushunchasi orqali izohlanadi. Bu paradoksning mohiyati shundan iboratki, investitsiyalar nazariy jihatdan avtonom va hosilaviy investitsiyalarga ajratilib, avtonom investitsiyalar milliy daromad hajmi va uning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmasa, hosilaviy investitsiyalar milliy daromadning o‘zgarishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Aynan avtonom investitsiyalarga qo‘shimcha ravishda o‘sib boruvchi hosilaviy investitsiyalar iqtisodiy o‘sishni kuchaytirishi, uni jadallashtirishi natijasida akselerator samarasi ro‘y beradi («akselerator» tushunchasi jadallashtiruvchi degan ma’noni anglatadi). Hosilaviy investitsiyalarning iqtisodiy tabiatidagi o‘ziga xoslik shundaki, u milliy daromadning o‘sishiga qanchalik uzviy bog‘liq bo‘lsa, uning qisqarishiga ham shu darajada ta’sirchan bo‘ladi. YA’ni, iqtisodiyotdagi daromadlarning qisqarishi hosilaviy investitsiyalarning undan ham tezroq qisqarishiga olib keladi. Natijada iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarining bandlilik darajasi pasayadi. Bunday sharoitda jamg‘armaga bo‘lgan moyillikning o‘sishi o‘z navbatida iste’molga bo‘lgan moyillikning pasayishini anglatadi. Iste’mol sarflarining qisqarishi esa mavjud tovar va xizmatlarning sotilmay qolishiga, ya’ni ishlab chiqarish zahirasining ko‘payishiga olib keladi. Oqibatda yangi kapital qo‘yilmalar amalga oshirilmaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, ishsizlikning o‘sishi va 195 daromadlarning pasayishi ro‘y beradi. Aholi tomonidan jamg‘armaning haddan ortiq ko‘paytirib yuborilishi oqibatida kelib chiquvchi salbiy jarayonlar, ya’ni - «tejamkorlik paradoksi» shunday tarzda namoyon bo‘ladi. Mazkur jarayonni quyidagi chizma orqali ham ko‘rib chiqish mumkin (4-chizma): S,I F Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling