U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Iqtisodiy muvozanat - iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha 
tomonining bir-biriga mos kelish holati. 
Xususiy muvozanatlik - bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. 
Umumiy muvozanatlik - iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha 
tomonining, eng avvalo yalpi talab va yalpi taklifning bir–biriga teng kelgan holati.
Retsession farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan kam bo‘lgan 
miqdori. 
Inflyasion farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan ortiqcha 
bo‘lgan miqdori. 
Multiplikator samarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o‘zgarishning yalpi 
sarflardagi o‘zgarishga nisbati. 
Iqtisodiy mutanosiblik - iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida 
miqdor va sifat o‘lchamlarning mos kelishlik darajasi. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Iqtisodiy muvozanatlik, xususiy va umumiy muvozanatliklarga tavsif 
bering. Ularga misollar keltiring.
2. Quyidagi ikki usul, ya’ni: a) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini 
taqqoslash usuli; b) jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli yordamida 
muvozanatli SMM grafikda qanday aniqlanishini tushuntiring.


197 
3. Multiplikator samarasi nima? Investitsion sarflarning o‘zgarishi va 
multiplikator miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday? Agar jamg‘armaga o‘rtacha 
moyillik 0; 0,4; 0,6 ga teng bo‘lsa, multiplikator qanday bo‘ladi? Agar tadbirkor 
investitsiyalari darajasini 8 mln. so‘mga ko‘paytirsa, iste’molga o‘rtacha moyillik 
esa 4/5 ga teng bo‘lsa, SMM qanday o‘zgaradi? 
4. Akselerator samarasi nima va u iqtisodiy muvozanatga qanday ta’sir 
ko‘rsatadi? 
5. Avtonom va hosilaviy investitsiyalarning farqi nimada? Ularga ta’sir 
etuvchi omillar ham farqlanadimi? 
6. Milliy iqtisodiyotning muvozanatlik darajasiga erishishda xususiy 
mutanosibliklarning roli qanday? Mutanosiblikning qanday turlarini bilasiz? 
Ularga qisqacha ta’rif bering. 
7. Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishish yo‘llari qanday?
8. Respublikada iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishlarni qaysi 
yo‘llarda amalga oshirish ko‘zda tutilgan? 


198 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling