U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


-jadval Sikllarning asosiy turlari


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

2-jadval
Sikllarning asosiy turlari 
Sikl turlari 
Siklning 
davomiyligi 
Asosiy xususiyatlari 
Kitchin sikli 
2–4 yil 
Zahiralar miqdori 

YAMM, inflyasiya, bandlikning 
tebranishi, tijorat sikllari
Juglar sikli 
7–12 yil 
Investitsion sikl 

YAMM, inflyasiya va bandlikning 
tebranishi
Kuznets sikli 
16-25 yil 
Daromad 

immigratsiya 

uy-joy qurilishi 

yalpi 
talab 

daromad
Kondratev sikli 
40-60 yil 
Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar 
Forrester sikli 
200 yil 
Energiya va materiallar 
Toffler sikli 
1000-2000 yil 
Sivilizatsiyalarning rivojlanishi 
Kitchin sikli zahiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Jozef Kitchin (1926 
y.) o‘zining e’tiborini tovar zahiralarining harakat chog‘idagi moliyaviy hisoblar va 
sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa 
to‘lqinlarni tadqiq qilishga qaratadi. Ayniqsa u siklning davomiyligini jahondagi 
oltin zahiralarining tebranishlari bilan bog‘lab, uni 3 yilu 4 oyga teng, deb 
hisoblaydi. Biroq qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda 
ko‘pchilik iqtisodchilarni qoniqtirmaydi.
1
Qarang: Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, 
А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 469-б. 


201 
Juglar sikli «biznes-sikl», «sanoat sikli», «o‘rtacha sikl» va «katta sikl» kabi 
nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni 
ajratib ko‘rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Fransiya, Angliya va AQSHda foiz 
stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining 
tabiatini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan Klement Juglar (1819-1905 yy.) nomi 
bilan ataladi. 
Birinchi sanoat sikli 1825 yili Angliyada metallurgiya va boshqa yetakchi 
tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron mavqeni egallagan davrda 
kuzatiladi. 1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib, keyin AQSHga ham 
tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSH va qator Evropa davlatlarida boshlangan 
inqiroz, tub mohiyatiga ko‘ra birinchi jahon sanoat inqirozi bo‘lgan. 
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, XX asrda uning 
davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan. 
AQSH va Evropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat siklini 
boshdan kechirgan bo‘lib, ulardan yettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro‘y 
bergan. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling