4. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash
Mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan
ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga
kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional,
texnologik, regional, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linadi.
Kishilar turli sabablar (yangi yashash joylariga ko‘chib o‘tish, ishining mazmuni
va tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan yuqoriroq ish haqi olishga intilish va boshqalar)ga
ko‘ra o‘z ishlarini almashtirib turadilar. Biroq, bir ishdan bo‘shab, boshqa biriga
joylashgunga qadar orada ma’lum vaqt o‘tadi (ba’zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan
3 oygacha davom etishi ko‘rsatiladi). Aynan shu vaqt oralig‘idagi, ya’ni bir ishdan
bo‘shab yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan davrdagi ishsizlik friksion
(oraliq) ishsizlik deyiladi.
FTT, yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga qo‘llanishi natijasida ba’zi
bir tarmoq va soha mahsulotlariga bo‘lgan talab qisqarib, zamonaviy mahsulot
turlariga talab o‘sadi. Natijada ba’zi bir kasb yoki mutaxassislik turlaridagi
ishchilarga talabning qisqarishi yoki umuman yo‘qolishi ularning o‘z kasb va
mutaxassisliklarini o‘zgartirish yoki shunday kasblarga talab saqlanib qolgan
joylarga ko‘chib o‘tishga majbur qilib qo‘yadi. YAngi kasb va mutaxassislikni
o‘zlashtirib yoki boshqa joyga ko‘chib o‘tib, yangi ishga joylashgunga qadar
bo‘lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi. Tarkibiy ishsizlik friksion
ishsizlikka qaraganda uzoqroq davom etadi hamda ko‘proq ma’lum xarajatlarni
taqozo etadi. Uning uzoq muddat (odatda 6 oydan ko‘proq) davom etishi yangi
kasb turini o‘zlashtirish yoki malaka oshirish bilan, ma’lum xarajat talab qilishi
esa, eski kasb turi bilan shug‘ullanish istagi saqlanib qolgan holda, yashash
joylarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Friksion va tarkibiy ishsizlik, iqtisodiyotdagi rivojlanish har qanday holatidan
qat’iy nazar, ma’lum darajada barcha mamlakatlarda mavjud bo‘ladi. Shunga
ko‘ra, friksion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini
Do'stlaringiz bilan baham: |