U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Turg‘un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo‘qotgan


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Turg‘un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo‘qotgan, 
ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo‘lgan va faol mehnat 
faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo‘lmagan qismini qamrab oladi. 


212 
«To‘liq bandlilik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud 
bo‘lmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friksion va tarkibiy ishsizlikning bo‘lishini 
tabiiy deb hisoblaydi, shu sababli «to‘liq bandlilik» ishchi kuchining 100% dan 
kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to‘liq 
bandlilik sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng 
bo‘ladi. Siklik ishsizlik nolga teng bo‘lganda to‘liq bandlilik sharoitidagi ishsizlik 
darajasiga erishiladi. «To‘liq bandlilik» sharoitidagi ishsizlik darajasi 
ishsizlikning tabiiy darajasi deb ham ataladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan 
bog‘liq bo‘lgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi, iqtisodiyotning ishlab 
chiqarish salohiyatini ko‘rsatadi.
Ish bilan to‘liq bandlilik yoki ishsizlikning tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori 
muvozanatiga erishganda, ya’ni ish izlovchilar soni bo‘sh ishchi o‘rinlari soniga 
teng kelganda vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi qandaydir darajada 
iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi. Chunki «friksion» ishsizlarga mos keluvchi 
ish o‘rinlarini topish, «tarkibiy ishsizlarga» ham yangi kasbni o‘zlashtirish yoki 
yangi yashash joyida ish topish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi.
«Ishsizlikning tabiiy darajasi» tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni 
talab qiladi. 
Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida 
amal qilishi va shu orqali o‘zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro‘yobga 
chiqarishini bildirmaydi. Chunki, ko‘pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan 
ortiq, ayrim hollarda, masalan, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o‘rindoshlik
ishlarida band bo‘lish natijasida tabiiy darajadan past ham bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi o‘z-o‘zicha doimiy miqdor 
hisoblanishi shart emas, u tarkibiy o‘zgarishlar (qonunlar va jamiyat urf-
odatlaridagi o‘zgarishlar) oqibatida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, AQSHda 
ishsizlikning tabiiy darajasi dastlab XX asr 60-yillarining o‘rtalarida 4,5% deb 
belgilangan bo‘lsa, 70-yillarning boshiga kelib 5,5%, 80-yillarning boshida esa 6% 
gacha o‘sdi. 


213 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling