U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


 Soliq stavkasini belgilash tamoyillari


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

3. Soliq stavkasini belgilash tamoyillari 
 
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.
1. Naflilik tamoyili – turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga 
moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq 
undirilishi kerakligini bildiradi. 


221 
Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi 
ifodasi soliq stavkasi (R`) deyiladi:
%.
100
`


D
R
R
2. To‘lovga layoqatlilik tamoyili – soliq miqdori soliq to‘lovchining boyligi 
va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq 
solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur. 
3. Adolatlilik tamoyili – daromadlari va hukumat dasturlaridan 
foydalanish darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan kishilar teng miqdorda soliq 
to‘lashi zarur. 
Soliq bo‘yicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va 
sharoitlar asosida o‘rnatiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari 
keng tarqalgan: 
- ob’ektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash; 
- soliq to‘lashdan alohida shaxs yoki ma’lum guruhlarni (masalan, urush 
fahriylarini) ozod qilish; 
- soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish; 
- soliq olinadigan summadan chegirish; 
- soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma’lum 
miqdorga kamaytirish). 
Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi. 
Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda 
progressiv (o‘sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib 
boruvchi) soliqlarga bo‘linadi. 
1. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘sib boruvchi 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling