U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


soliqlar progressiv soliqlar deyiladi


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

soliqlar progressiv soliqlar deyiladi. 
2. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi pasayib boruvchi 
soliqlar regressiv soliqlar deyiladi. 
3. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘zgarishsiz qoluvchi 
soliqlar proporsional soliqlar deyiladi. 


222 
Soliq
stavkasi 
progressiv soliq 
proporsional soliq 
regressiv soliq
Daromad hajmi
1-chizma. Progressiv, proporsional va regressiv soliqlarning grafik ko‘rinishi. 
 
Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot 
tannarxiga qo‘shilish usuli (to‘g‘ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab 
ham turkumlanadi.
Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o‘sishiga 
olib kelishini birinchi bo‘lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning 
mulohazalariga ko‘ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan 
tashqari oshirish ularning kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan rag‘batini susaytiradi
fan-texnika taraqqiyotini to‘xtatadi, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi va bular oxiri 
oqibatda, davlat budjeti tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Davlat budjetining daromadlari va soliq stavkasi o‘sishi o‘rtasidagi 
bog‘liqlikning grafikda tasvirlanishi “Laffer egri chizig‘i” nomini oldi (3-
chizma). Grafik tik o‘qida soliq stavkasi (R), yotiq o‘qida - davlat budjetiga 
tushumlar (V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R
1
) davlat budjetiga 
eng yuqori tushum (V
1
) ni ta’minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va 
tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga 
teng bo‘ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda, 
uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o‘rnatilagan soliqlarni pasaytirish 
jamg‘armalar, investitsiyalar, bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi 
daromad hajmining o‘sishini ta’minlaydi. Natijada soliq tushumlari summasi 
ko‘payadi, davlat daromadlari hajmi o‘sadi, taqchillik kamayadi va inflyasiyaning 


223 
susayishi ro‘y beradi. Lekin o‘z-o‘zidan tushunarliki, Laffer samarasi faqat erkin 
bozor mexanizmi me’yorida amal qilgan holdagina namoyon bo‘ladi. 

R

0 V
1


Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling