214
Iqtisodiy sikl – ishlab chiqarishning bir iqtisodiy
inqirozdan ikkinchisi
boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to‘lqinsimon harakati.
Turg‘unlik (depressiya) – ishlab chiqarishning bir joyda depsinib turishini
anglatuvchi hamda iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart–sharoitlarning
vujudga
kelishiga imkon yaratiluvchi iqtisodiy sikl fazasi.
Jonlanish – iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib
borishiga o‘tishini tavsiflovchi fazasi.
Yuksalish – iqtisodiy siklning iqtisodiyotda to‘liq bandlikka erishilishi, ishlab
chiqarishning inqirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va to‘lovga layoqatli
talabning kengayib borishini tavsiflovchi fazasi.
Tarkibiy inqirozlar – iqtisodiyotning ayrim
tarmoqlari va sohalari
rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalovchi iqtisodiy holat.
Agrar inqirozlar – qishloq xo‘jaligida ro‘y beradigan iqtisodiy inqirozlar
bo‘lib, siklli tavsifga ega bo‘lmaydi va sanoat sikllariga
qaraganda ancha uzoq
davr davom etadi.
Inflyasiya – qog‘oz pul birligining qadrsizlanishi.
Ishsizlik – mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan,
lekin ish bilan
ta’minlanmagan ishchi kuchi.
Friksion ishsizlik – malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o‘rinlar
bo‘shashini kutayotganlar.
Tarkibiy ishsizlik – ishlab chiqarish va yalpi talab tarkibidagi o‘zgarishlar
natijasida vujudga keladigan ishsizlik.
Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq ravishda
vujudga keladigan ishsizlik.
Ishsizlik darajasi – ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizli nisbati.
Ouken qonuni – ishsizlik darajasi va YAIM
hajmining orqada qolishi
o‘rtasidagi nisbatning matematik ifodasi.
Do'stlaringiz bilan baham: