1. Talab inflyasiyasi. Narx darajasining an’anaviy o‘zgarishi jami talab
ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi
mahsulotning real hajmini ko‘paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki
barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanilgan bo‘ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab
narxning oshishiga olib keladi va talab inflyasiyasini keltirib chiqaradi. Talab
inflyasiyasini quyidagi chizma orqali ham izohlash mumkin (2-chizma).
Narx
darajasi AS
3
P
2
AD
2
2
P
1
1 AD
1
0 Q
1
Q
2
Real YAMM
2-chizma. Talab inflyasiyasi.
Chizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiyotdagi pul hajmining ko‘payishi qisqa
muddat ichida yalpi talabni AD
1
dan AD
2
ga siljishiga olib keladi. Agar bu vaqtda
iqtisodiyotning holati yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq (2) yoki tik (klassik) (3)
kesmasiga mos kelsa, bu narx darajasining o‘sishiga, ya’ni talab inflyasiyasining
ro‘y berishiga olib keladi.
2. Taklif inflyasiyasi. Inflyasiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi
taklifning o‘zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish
xarajatlarining o‘sishi keltirib chiqadigan inflyasiya mahsulot birligiga qilinadigan
xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. Bu holatni ham
chizma orqali ko‘rib chiqamiz (3-chizma).
209
Narx
darajasi AS
2
AS
1
Do'stlaringiz bilan baham: |