U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. 
Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 1) qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda 
katta zahiralarining to‘planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va 
foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo‘lishi, 
ularning qarzlarining ortishi; 4) qishloq aholisi o‘rtasida ishsizlarning ko‘payishi. 
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarish o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‘lganligi sababli, agrar inqirozlar o‘ziga xos tavsif kasb etadi. Agrar inqirozlar 
sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoqroqqa cho‘zilib boradi. Birinchi 
agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar 
o‘rtasigacha davom etgan edi. 
Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda pasayib ketgan 
sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon 
urushining boshlanishga qadar davom etdi. Uchinchi agrar inqiroz 1948 yildan 
boshlanib, 80-yillargacha davom etdi. 
Agrar inqirozlarning cho‘zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar: a) yerga 
xususiy mulk monopoliyasi sharoitida, u qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining 
rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo etadi; b) yer rentasining 
mavjud bo‘lishi va uning uzluksiz sur’atda o‘sib borishi. Yer rentasining, avvalo 
absolut rentaning ko‘payishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, 
buning natijasida uni sotish qiyinlashadi; v) ko‘plab mayda dehqon xo‘jaliklarining 
mavjud bo‘lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo‘jalikni asosan o‘zi va oilasi uchun 
zarur tirikchilik vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular 
ishlab chiqarishni qisqartira olmaydilar. Tirikchiliklarini o‘tkazish va ijara haqini 
to‘lash uchun ishlab chiqarishni ilgarigi miqiyoslarda olib boraveradi. Bu hol qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko‘paytirib yuboradi. 


206 
2. Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling