U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Kuznets sikli ko‘p hollarda «qurilish sikli» deb ham nomlanib, 20 yilgacha 
bo‘lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets o‘zining «Milliy 
daromad» (1946 y.) nomli kitobida, milliy daromad, iste’molchilik sarflari, ishlab 
chiqarish maqsadidagi uskunalar, hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar 
ko‘rsatkichlarida 20 yillik o‘zaro bog‘liq tebranishlar mavjud bo‘lishini aniqlaydi. 
1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida sanoat 
siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi. 
Kondratev sikli «uzoq to‘lqinlar» sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu 
nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta hissa qo‘shadi. Uning 
tadqiqoti Angliya, Fransiya va AQSHning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini 
qamrab oladi. Bunda u iqtisodiy o‘sishning ko‘p omilli tahlilini o‘tkazib, ya’ni 
tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir 
qator katta sikllarni ajratib ko‘rsatadi. 


202 
I-sikl: 1787-1814 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin; 1814-1851 yillar - pasaytiruvchi 
to‘lqin. 
II-sikl: 1844-1851 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin; 1870-1896 yillar - pasaytiruvchi 
to‘lqin. 
III-sikl: 1896-1920 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin. 
Kondratev siklining davomiyligi o‘rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning 
asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o‘zgarishlarni o‘zida aks 
ettirishi hisoblanadi. 
Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat 
revolusiyasi, ikkinchisini - temir yo‘l transportining rivojlanishi, uchinchisini – 
elektr energiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to‘rtinchisini - avtomobil 
sanoatining rivojlanishi bilan bog‘laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi 
siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqozo 
qilishini ko‘rsatadi. 
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo‘lib, amalda iqtisodiyotning 
hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarning o‘zaro 
bog‘liqligi sababli uning hech bir sohasiga inflyasiya to‘lqini yoki turg‘unlikning 
nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e’tiborga olish zarurki, 
iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga 
turli darajada ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling