U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


-BOB. IQTISODIY BEQARORLIK, UNING TURLARI


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

13-BOB. IQTISODIY BEQARORLIK, UNING TURLARI 
 VA BARTARAF ETISH YO‘LLARI 
Ushbu bob iqtisodiy beqarorlik,uning turlari, jumladan, sikli tebranishlar, 
iqtisodiy inqirozlar, inflyasiya va ishsizlik muammolari mazmunini yoritib 
berishga qaratilgan. Dastlab iqtisodiy sikllarga, ya’ni iqtisodiyot uchun xususiyatli 
bo‘lgan ishlab chiqarish, bandlilik va narx darajasining davriy tebranishlariga 
umumiy tavsif beriladi. Keyin iqtisodiy sikl fazalari va davriy tebranishning 
sabablari qarab chiqiladi. Tahlil davomida tarkibiy va agrar inqirozlarga hamda 
ularning xususiyatlarini yoritib berishga alohida o‘rin ajratiladi. Bob so‘ngida 
inflyasiya va ishsizlik muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llariga to‘htab 
o‘tiladi. 
 
1. Iqtisodiy sikllarning mazmuni va asosiy turlari
 
Uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy 
beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib 
turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan 
ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo‘lishi va 
ularning iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi 
holati iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan 
boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki 
holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning 
rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz 
to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o‘zgarishning 
muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo‘lib, milliy xo‘jalik 
turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi 
inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks 
ettiradi.


199 
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy 
rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib 
ko‘rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga 
o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi. 
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab 
chiqarishning pasayishida ifodalanadi.
Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom 
etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz 
boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning pasayishi 
to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq 
ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy 
faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling