U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kondratev sikli
Kuznets sikli ko‘p hollarda «qurilish sikli» deb ham nomlanib, 20 yilgacha
bo‘lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets o‘zining «Milliy daromad» (1946 y.) nomli kitobida, milliy daromad, iste’molchilik sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar, hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar ko‘rsatkichlarida 20 yillik o‘zaro bog‘liq tebranishlar mavjud bo‘lishini aniqlaydi. 1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi. Kondratev sikli «uzoq to‘lqinlar» sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta hissa qo‘shadi. Uning tadqiqoti Angliya, Fransiya va AQSHning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab oladi. Bunda u iqtisodiy o‘sishning ko‘p omilli tahlilini o‘tkazib, ya’ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko‘rsatadi. 202 I-sikl: 1787-1814 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin; 1814-1851 yillar - pasaytiruvchi to‘lqin. II-sikl: 1844-1851 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin; 1870-1896 yillar - pasaytiruvchi to‘lqin. III-sikl: 1896-1920 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin. Kondratev siklining davomiyligi o‘rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirishi hisoblanadi. Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat revolusiyasi, ikkinchisini - temir yo‘l transportining rivojlanishi, uchinchisini – elektr energiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to‘rtinchisini - avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog‘laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqozo qilishini ko‘rsatadi. Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo‘lib, amalda iqtisodiyotning hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarning o‘zaro bog‘liqligi sababli uning hech bir sohasiga inflyasiya to‘lqini yoki turg‘unlikning nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e’tiborga olish zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga turli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling