U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi 
sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham asta ko‘tarilib, ssuda foizi o‘sa boshlaydi. 
Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o‘sishi 
jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi 
sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi ishsizlikning 
birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, buning 
oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning 
oshishi, o‘z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni 
kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida 
nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu 
bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi. 
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha 
keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi. 
Biroq bu fazalar turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. Masalan, 
yuqorida ko‘rib chiqilgan iqtisodiy siklning fazalari klassik tavsifga ega bo‘lib, 
ularni quyidagi 1-chizma orqali ifodalash mumkin. 


200 
Milliy
mahsulot
hajmi yuksalish
inqiroz 
yuksalish 
jonlanish 
inqiroz turg‘unlik 
jonlanish 
turg‘unlik 

Vaqt 
1-chizma. Iqtisodiy sikl fazalarining klassik jihatdan ifodalanishi. 
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari 
mavjudligi ta’kidlanadi.
1
Quyidagi 6-jadvalda ularning ko‘pchilik iqtisodchilar 
tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling