U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


 Inqirozlarning mazmuni, turlari va bartaraf etish chora-tadbirlari


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

2. Inqirozlarning mazmuni, turlari va bartaraf etish chora-tadbirlari 
 
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. Inqiroz 
bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigan 
yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning 
ortiqcha jamg‘arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo‘ladi. 
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlilik qisqaradi, ammo narxlar 
pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va 
bandlilik o‘zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi. Shunga 


203 
ko‘ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga 
aytiladi. 
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar 
massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‘ladi) 
qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovarlar ishlab 
chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan 
almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi inflyasiya, ya’ni narx darajasining asossiz 
ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo‘ladiki, 
bunda iqtisodiy o‘sish bandlilik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin 
beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham 
keskin o‘sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tamoyillari 
ham ishsizlik, ham inflyasiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. 
Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va 
nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish 
o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy 
tizimning har xil nusxalarida turli shakllarida namoyon bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o‘rtasidagi vaqti-vaqti bilan 
yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga 
chiqish imkoniyatini saqlaydi. 
Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning 
keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki 
urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yirik 
mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan 
iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab 
chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada, 
ularni umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin. 
1. Xo‘jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko‘ra inqirozlarni 
umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo‘lish mumkin. 
Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni 
ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi. 


204 
Ayrim sohalardagi inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling