U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

yuz berishiga ko‘ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga ajratish mumkin. 
Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi. 
Oraliq inqirozlar to‘liq sikl buyicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir 
fazasida to‘xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo‘lmay, qisqa muddat davom 
etadi. 
Nomuntazam inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko‘ra yuz beradi. 
Masalan, tabiiy ofat, sel, to‘fon, qurg‘oqchilik tufayli iqtisodiyotda tang ahvolga 
tushish mumkin. 
3. Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra 
inqirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga 
bo‘linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan 
ne’matlarni ko‘p ishlab chiqarish, lekin ularni to‘la sota olmaslikda namoyon 
bo‘ladi. 
Taqchil 
ishlab 
chiqarish 
inqirozi 
davrida 
muvozanat 
buzilib, 
yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib, 
iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki 
taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo‘ladi.
3. Inflyasiya va uning turlari 
 
Pul taklifi ko‘p jihatdan inflyasiya jarayonlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. 
«Inflyasiya» atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora 
SHimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo‘llanilib, 
muomalada qog‘oz pullarning haddan ortiq ko‘payib ketishini ifodalagan edi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin 
keng tarqaldi.
Inflyasiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog‘liq holda 
qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. 
Bu yerda qog‘oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga 
pulning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o‘zgarmasdan, uning aylanish 


207 
tezligining oshishi, muomaladagi pul miqdori o‘zgarmasa ham tovar ishlab 
chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar 
ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul 
qiymatining pasayishi kabi omillar ta’sir qiladi.
Qog‘oz pullar inflyasiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi: 
1) oltinga nisbatan – bu oltinning qog‘oz pullarda bozor narxining oshishida 
o‘z ifodasini topadi; 
2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o‘z ifodasini topadi; 
3) bardoshli chet el valutalariga nisbatan – bu chet el valutalariga nisbatan 
milliy pul kursining tushib ketishida o‘z ifodasini topadi. 
Inflyasiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o‘lchanadi. Narxlar 
indeksi esa joriy davrdagi iste’mol narxlarini bazis davrdagi iste’mol narxlariga 
nisbati orqali aniqlanadi: 
%
100


b
j
ТN
ТN
NI

bu yerda: 
NI – narxlar indeksi
TN
j
– joriy davrdagi iste’mol tovarlari narxi; 
TN

- bazis davrdagi iste’mol tovarlari narxi. 
Narxlar o‘zgarishini hisobga olish qamroviga ko‘ra narxlar indeksining 
quyidagi turlarini hisoblash mumkin: 
- iste’mol narxlari indeksi; 
- ulgurji narxlar indeksi; 
- narxlar indeksi – YAIM deflyatori; 
- eksport va import narxlar indeksi. 
Narxlar indeksidan foydalangan holda inflyasiya sur’atini (IS) quyidagi 
formula orqali aniqlash mumkin: 
%
100



b
b
j
ТN
ТN
ТN
IS



208 
Kelib chiqish sabablari va o‘sish sur’atlariga qarab, inflyasiyaning bir qancha 
turlarini farqlash mumkin. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling