228
qancha past bo‘lsa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori ham shuncha kam
bo‘ladi. Agar tovarlar qiymati o‘zgarmasa, pulning
miqdori tovarlar hajmining
ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko‘payadi;
b) agar tovarlar hajmi va qiymati o‘zgarmaydi, deb faraz qilsak, muomaladagi
oltin pul miqdori oltinning o‘z qiymatiga qarab o‘zgaradi, ya’ni uning qiymati
oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko‘payadi.
Qog‘oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni
quyidagicha ifodalash mumkin:
- qog‘oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin,
unda belgilangan qiymat
miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng
bo‘ladi;
- qog‘oz pulning har birligida belgilangan qiymat miqdori muomala uchun
zarur bo‘lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog‘oz
pul miqdori
nisbatiga mos keladi.
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy
muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi.
Pul operatsiyalarining
asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy
aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo‘lgan pul
miqdorini
hisoblash uchun M
1
...M
n
pul agregatlari yoki tarkibiy qismi
tushunchasidan foydalaniladi.
Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul
Do'stlaringiz bilan baham: