U. X. Xonqulov matematikaning stoxastika
-§. Bog‘liqmas va bog‘liq hodisalarga doir misollar
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
49997 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-misol.
5-§. Bog‘liqmas va bog‘liq hodisalarga doir misollar 5.1. Shartli ehtimollik va hech bo‘lmasa bitta hodisaning ro‘y berish ehtimolligiga doir misollar 1-misol. Guruhda 30 ta talaba bor. Ularning 7 tasi a‟lochi. Talaba- lar ichidan ixtiyoriy 4 tasi tanlab olindi. Tangangan talabalarning ham- masi a‟lochi bo„lmaslik ehtimolligini toping. Yechish: Quyidagi belgilashlarni kiritamiz: ‒ birinchi talaba a‟lochi; ‒ ikkinchi talaba a‟lochi; ‒ uchinchi talaba a‟lochi; ‒ to„rtinchi talaba a‟lochi. ‒ to„rtala talaba ham a‟lochi bo„lish hodisasi, bu yerda ‒ hodisalar bog„liq hodisalar. U holda bog„liq hodisa- larning ehtimollari: shartli ehtimollik formulasiga ko„ra, Demak, izlanayotgan ehtimollik: ( ) 2-misol. Beshta o„q uzishda kamida bitta o„qning nishonga tegish ehtimoli 0,99968 ga teng. Bitta o„q uzishda nishonga tegish ehtimolini toping. Yechish: Beshta o„q uzishda kamida bitta o„qni nishonga tekkizish hodisa ehtimoli ga teng, bu yerda ‒ o„qning xato ketish ehtimoli. Shartga ko„ra, Demak, Bu yerdan √ Izlanayotgan ehtimollik: 3-misol. Statistik ma‟lumotlarga qaraganda, AQSHda 3 kishidan bittasi chekuvchi, yil davomida 1500 kishidan bittasi o„pka raki tufayli 116 vafot etar ekan. Shuningdek, chekuvchilarning 2000 tasidan biri yil davomida o„pka rakidan vafot etar ekan. Chekish va o„pka rakidan vafot etish hodisalari o„zaro bog„liqmi? Chekuvchi va chekmaydigan kishilarning o„pka rakidan vafot etish hollarini solishtiring. Yechish: ‒ ixtiyoriy tanlangan kishining chekuvchi bo„lish ho- disasi, ‒ ixtiyoriy tanlangan kishining chekmaydigan bo„lishi hodisasi va ‒ iytiyoriy tanlangan kishining yil davomida o„pka rakidan vafot etish hodisasi bo„lsin. U holda va bo„ladi. Bulardan bo„lgani uchun va hodisalar o„zaro bog„liq ekan. Shunday qilib, (chekuvchining yil davomida o„pka rakidan vafot etishi) ( , agar ro„y bergan bo„lsa) ga ega bo„lamiz. Yuqoridagilarni quyidagicha talqin qilish mumkin: siz hech qanday ma‟lumotlarga ega bo„lmagan holda biror kishining o„pka rakidan vafot etish ehtimolligi 0,00067 ga teng deyishingiz mumkin. Ammo, agar siz shu odamning chekuvchi ekanligini bilsangiz, u holda bu ehtimollik ikki barobardan ortiqroq, ya‟ni 0,0015 ga teng bo„ladi. Ushbu berilganlarga asoslanib, chekmaydigan kishining yil davomida o„pka rakidan vafot etish ehtimolligini topishingiz mumkin. ( ) (bu yerda ‒ hodisaga qarama-qarshi hodisa) munosabatga ko„ra, demak, (chekmaydigan odamning o„pka rakidan vafot etishi) agar ro„y bergan bo„lsa) ekan. Shunday qilib, chekuvchi odamning o„pka rakidan vafot etishi imkoniyati chekmaydigan odamlarga qaraganda olti marta ko„p ekan. Shuni aytish kerakki, biz ko„rgan munosabat va bog„lanishlar matematikada chekish va o„pka raki hodisalarining “korrelatsiyasi” (bir- biriga bog„liqlik darajasi) deyiladi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling