U yu. O„roqov
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7) Davlat xaridlari elektron tizimining operatori
6)
Davlat xaridlarining ijrochisi. Davlat xaridlarining ijrochisixarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‗yicha g‗olib deb topilgan va o‗zi bilan davlat xaridlari to‗g‗risida shartnoma tuzilgan ishtirokchidir. Ijrochi: davlat buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnomani bajarish jarayonida tushuntirishlar olish uchun unga murojaat qilish; etkazib berilgan tovar (ish, xizmat) uchun haq olish; shartnoma shartlariga muvofiq va (yoki) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega. Ijrochi qonunchilik talablariga rioya etishi, shartnomani uning shartlariga muvofiq bajarishi, asosiy benefitsiar mulkdor to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni oshkor etishi, shartnomani bajarish jarayonida davlat buyurtmachisiga yoki vakolatli davlat organiga uning so‗rovi bo‗yicha tushuntirishlar va axborot berishi shart. 7) Davlat xaridlari elektron tizimining operatori Davlat xaridlari elektron tizimining operatori davlat xaridlarining subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib- taomillarini amalga oshirish bilan bog‗liq xizmatlar ko‗rsatadigan, davlat 22 xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli yuridik shaxsdir. Davlat xaridlari elektron tizimining operatori: davlat xaridlari elektron tizimining uzluksiz ishlashini, unga joylashtirilgan axborotning but saqlanishini va bir butunligini, o‗z elektron resursining tegishli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari va axborot tizimlari hamda maxsus axborot portali bilan belgilangan tartibda uyg‗un ishlashini ta‘minlaydi; qonunchilikka muvofiq axborotning elektron shaklda saqlanishini, shu jumladan elektron hujjatlar va elektron xabarlarning saqlanishini ta‘minlash, shuningdek xarid qilish tartib-taomillarini o‗tkazishda davlat xaridlarining elektron tizimini to‗g‗ri ishlashi uchun javobgar bo‗ladi; o‗z elektron resursini O‗zbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalariga joylashtiradi; vakolatli organ, davlat xaridlari jarayonida ishtirok etayotgan boshqa davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi. Davlat xaridlari elektron tizimining operatori ishtirokchi, ijrochi sifatida, shuningdek o‗zining elektron tizimida davlat buyurtmachisi sifatida davlat xaridlarida ishtirok etishga, ularning affillangan shaxsi bo‗lishga, davlat xaridlarini amalga oshirish va narx belgilash jarayoniga aralashishga, kontragentlarni tanlashda va shartnomalar tuzishda davlat xaridlari sub‘ektlarining erkinligini cheklashga, shuningdek davlat xaridlari sub‘ektlarining huquqlarini boshqacha tarzda cheklashga, (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno),uzatiladigan, olinadigan va saqlanadigan elektron hujjatlar hamda elektron xabarlarning ishonchliligini, shuningdek agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‗lsa, ularning qonunchilikka muvofiqligini nazorat qilishga yoki tekshirishga, davlat xaridlari sub‘ektlari tomonidan joylashtiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarning mazmunini o‗zgartirishga haqli emas. Davlat xaridlari elektron tizimining operatori davlat xaridlari sub‘ektlarining ushbu operatorga beriladigan elektron hujjatlari va elektron xabarlarining, shu jumladan bo‗lajak davlat xaridlari to‗g‗risida davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladigan axborotning mazmuni bilan bog‗liq huquqiy oqibatlar uchun javobgar bo‗lmaydi. 23 Davlat xaridlarining predmeti bu tovar, ish, xizmatdir. Har bir davlat buyurtmachisi biror savdo natijasiga ko‗ra ma‘lum bir tovar yoki ish, yohud xizmatni sotib oladi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling