U yu. O„roqov


-BOB. DAVLAT XARIDLARINI TASHKIL ETISH MODELLARI


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/94
Sana20.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1216070
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94
Bog'liq
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма

 
4-BOB. DAVLAT XARIDLARINI TASHKIL ETISH MODELLARI 
 
4.1. Davlat xaridlarini tashkil etish modellari tashkiliy elementlari 
Har bir mamlakatning davlat xaridlari tizimi ma‘lum bir model 
asosida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarining xarid 
qilish modellarini umumlashtirsak, ular asosan, 3 xil ko‗rinishda ekanligini 
ko‗rishimiz mumkin: 
1. Markazlashgan model; 
2. Markazlashmagan model; 
3. Aralash model. 
Xaridlarni markazlashgan modelda sotib olinishi lozim bo‗lgan 
tovar (ish,xizmat) uchun buyurtmalar maxsus vakolatli tashkilot yoki 
hukumatning ma‘lum bir tarkibiy bo‗linmasi (mahalliy hokimiyat, vazirlik, 
qo‗mita, agentlik va h.k) - tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Xalq 
ta‘limi vazirligi mamlakatdagi 10 mingdan ortiq maktablar uchun 
nashriyotlarga darsliklarga buyurtmani markazlashgan holda beradi. Yoki 
Sog‗liqni saqlash vazirligi quyi tibbiyot muassalari uchun dori-darmon, 
tibbiy diagnostika jihozlarini markazlashgan holda buyurtma berib
so‗ngra uni quyi bo‗linmalar ehtiyojidan kelib chiqib taqsimlab, yetkazib 
beradi. Ustavida davlat ulishi 50 % dan yuqori bo‗lgan korporativ 
tuzilmalar, masalan, ―O‗zbekneftgaz‖ AJ yoki ―Asakabank‖ AJning 
markaziy apparati qaysidir tovar (ish,xizmat) markazlashgan holda xarid 
qilib, so‗ngra quyi filiallarga yetkazib berishi ham bunga misol bo‗ladi. 
Markazlashgan modelda yuqori turuvchi organ (tashkilot) quyi 
tashkilotlardan ma‘lum bir tovar (ish,xizmat)ga ehtiyojlarni jamlab, yaxlit 
xaridga buyurtma beradi. Ayrim yirik davlat buyurtmachilarida faqat
xaridlar bilan shug‗ullanuvchi maxsus bo‗linma (aksariyat aksionerlik 
jamiyatlari va kompaniyalarida xarid departamenti) shakllantiriladi. 
Xaridlarni markazlashgan modelda amalga oshirishning bir qator 
afzalliklari mavjud. Masalan: 

markazlashgan modelda yirik hajmdagi ulgurji buyurtma berilgani 
bois, sotib olinayotgan tovar (ish,xizmat) arzon narxda olinadi; 

vazirlik yoki yuqori turuvchi organlar tomonidan tashkil etilgan 
maxsus komissiya tarkibidagi yuqori malakali mutaxassislar sotib 
olinayotgan tovar (ish,xizmat)ning sifati, yaroqligi yoki yetkazib 
beruvchining ishonchliligini o‗rganib, so‗ngra buyurtma beradilar
56 
 

katta hajmda buyurtma berilgani bois tovar (ish,xizmat)ning bir 
birligi uchun tashish, o‗rnatish, sug‗urta xarajatlari kam miqdorni tashkil 
etadi va h.k. 
Xaridlarni markazlashgan modelda amalga oshirishning afzalliklari 
bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Masalan: 

markazlashgan modelda katta hajmda buyurtma berilgani bois 
yetkazib berilgan tovar (mahsulot)lar tarkibida yaroqsiz va sifatsizlari ham 
bo‗lishi mumkin. Buyurtmani qabul qilib olayotgan paytda har bir 
mahsulotni tekshirib olishning jismonan imkoniyati bo‗lmaydi (Maktab 
darsliklarida ayrim sahifalarning kesilmay qolganligi, kitoblar teskari 
yelimlanganligi, dori-darmonlar idishida meyordagidan kam miqdorda 
dorilarni bo‗lishi, kiyim-kechaklar o‗lchovi (razmeri)dan kichik yoki katta 
tikilishi kabi holatlar uchrab turadi); 

markazlashgan holda yuqori turuvchi organlar tomonidan xarid 
qilingan tovar (mahsulot)lar hammasi ham quyi bo‗linmalarning 
ehtiyojlariga mos kelavermasligi mumkin (masalan byudjet tashkilotlari 
komyuter jihozlari yoki stol-stul bo‗yicha yuqori turuvchi tashkilotga 
ehtiyojlarini bildirib, eng zamonaviy, qulay tovarni kutayotganlarida, 
ularga narxi arzonroq yoki foydalanishda ba‘zi noqulayliklar tug‗diradigan 
mahsulotlar berilishi kabi holatlar nazarda tutilmoqda). 

markazlashgan holda xaridlarni amalga oshirilganda odatda, quyi 
bo‗linmalarning ehtiyojlari umumlashtirilib, so‗ngra buyurtma beriladi. 
Qolaversa, buyurtma hajmi kattaligi bois zarur tovar(ish,xizmat)lar 
kechikib yetkazib berilishi mumkin va h.k. 
Xaridlarni markazlashmagan model asosida sotib olishda har bir 
davlat buyurtmachisi zarur tovar(ish,xizmat)larni belgilangan talablar va 
tartib – taomillar asosida mustaqil amalga oshiradilar. Masalan, har bir 
tuman moliya bo‗limi, har bir oliy ta‘lim muassasasi, har bir bank filiali 
o‗zlari uchun zarur bo‗lgan tovar(ish,xizmat)larni belgilangan qonunchilik 
talablari asosida o‗zlari xarid qilishlari mumkin bo‗ladi. 
Xaridlarni markazlashmagan modelda amalga oshirishning ham 
afzalliklari mavjud. Masalan: 

markazlashmagan modelda tovar(ish,xizmat)larga bo‗lgan ehtiyoj 
bir muncha tezroq qondiriladi; 

sotib olingan tovar(ish,xizmat)lar bo‗yicha mas‘ullik bevosita shu 
buyurtmaching o‗zida bo‗ladi; 

mavjud sharoit va imkoniyatdan kelib chiqib, o‗z ehtiyojlariga mos 
tovar(ish,xizmat)larni sotib olish mumkin bo‗ladi va h.k.


57 
 
Markazlashmagan modelda xarid qilishning ham kamchiliklari 
mavjud. Masalan: 

markazlashmagan modelda kam hajmda buyurtma berilishi bois 
sotib olinayotgan tovar(ish,xizmat)lar narxi ba‘zan qimmatga tushishi 
mumkin; 

har bir davlat buyurtmachiga mustaqil xarid qilishga ruxsat 
berilishi buyurtmaching tajribasizligi tufayli ba‘zan sifatsiz, kafolat 
muddati kam tovar(ish,xizmat)lar ham sotib olinishi mumkin; 

markazlashmagan holda xaridlarni amalga oshirilganda ba‘zan 
buyurtmachilarning vakillari shaxsiy manfaatlarini ko‗zlab, nohalol 
shartnomalar tuzishlari, mablag‗larni noqonuniy o‗zlashtirish holatlari 
ham bo‗lishi mumkin va h.k. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling