U yu. O„roqov
Davlat xaridining tashkiliy shakllari
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма
4.2. Davlat xaridining tashkiliy shakllari
Bugungi kunda mamlakatimiz xarid tizimida xarid qilish tartib- taomillarini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat: 1. Elektron doʼkon; 2. Boshlangʼich narxni pasaytirish uchun oʼtkaziladigan auksion; 3. Eng yaxshi takliflarni tanlash (tanlov); 4. Tender; 5. Toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar boʼyicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari; 6. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ruxsat etilgan xaridlarning boshqa raqobatli turlari (electron birja savdolari, yarmarkalar va h.k). Elektron doʼkon maxsus talablar tatbiq etilmaydigan isteʼmol tovarlarining va boshqa tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarini amalga oshirish uchun moʼljallangan maxsus axborot portalidagi maxsus maydonchadir. Boshlangʼich narxni pasaytirish uchun oʼtkaziladigan auksion davlat xaridlarining raqobatli usuli boʼlib, uni tashkil etishda narx ishtirokchini tanlashning yagona mezoni boʼladi va bunda mazkur norma tovarlarni belgilangan sifat standartlariga muvofiq holda yetkazib berish talabini bekor qilmaydi. Tovarni eʼlonda bayon etilgan shartlar asosida eng past narx boʼyicha yetkazib berishni taklif qilgan ishtirokchi auktsionning gʼolibi boʼladi. 59 Eng yaxshi takliflarni tanlash (tanlov) deganda shartnomani bajarish boʼyicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi gʼolib deb topiladigan xarid qilish tartib-taomilini amalga oshirishning turi tushuniladi. Davlat xaridi toʼgʼrisidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga tanlov oʼtkazilishi toʼgʼrisidagi eʼlonni va tanlov hujjatlarini joylashtirish orqali cheklanmagan doiradagi shaxslarga maʼlum qilinadi. Tender deganda davlat xaridini ikki bosqichda amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili orqali ijrochini aniqlash usuli tushuniladi. Bunda shartnomani bajarish boʼyicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan tender ishtirokchisi ushbu tartib-taomil natijalari boʼyicha gʼolib deb topiladi. Davlat xaridi haqidagi axborotni davlat buyurtmachisi tender oʼtkazilishi toʼgʼrisidagi eʼlonni va tender hujjatlarini maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali shaxslarning cheklanmagan doirasiga maʼlum qiladi. Shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlari tender ishtirokchilarining takliflarini baholash boʼyicha eʼlon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi tomonidan aniqlanadi. Toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar boʼyicha boʼyicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari esa davlat buyurtmachisi bilan ishtirokchi (etkazib beruvchi) oʼrtasida hech qanday savdo turlarini amalga oshirmasdan, shartnoma tuzish orqali xaridlarni amalga oshiriladigan xarid qilish tartib-taomilidir. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling