U yu. O„roqov
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма
Nazorat uchun savollar 1. Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari nimalardan iborat? 2. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xarid tizimida qanday vakolatlari mavjud? 117 3. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat xaridlari sohasida qanday vakolatlari mavjud? 4. Qaysi organ davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi? 5. Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ qanday funksiyalarni bajaradi? 6. Xarid tizimida qonunniylik ustidan davlat nazoratini qaysi tashkilotlar o‗z vakolatlari doirasida amalga oshiradi? 7. Xarid tizimida jamoatchilik nazoratini kimlar amalga oshiradi? 8. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‗rib chiqish bo‗yicha komissiya shikoyatni qabul qilib olganda qancha vaqt ichida u haqda davlat buyurtmachisini xabardor qiladi? 9. Ishtirokchining shikoyati asosli deb topilgan taqdirda, shikoyatlarni ko‗rib chiqish bo‗yicha komissiya qanday choralarni ko‗radi? 10. Davlat xaridlari to‗g‗risidagi qonunchilikni buzganlik uchun qanday ma‘muriy javobgarlik choralari belgilangan? 118 12-BOB. DAVLAT XARIDLARI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO„NALISHLARI 12.1. Davlat xaridlari tizimini takomillashtirishning zaruriyati Davlat byudjeti xarajatlarining kattagina qismi davlat xaridlari orqali amalga oshiriladi. Bu byudjet muvozanatini saqlashga bevosita ta‘sir qiladi. Binobarin, davlat xaridlari miqdorini eng maqbul darajada saqlab turish asosida zarur samaradorlikka erishiladi. Zamonaviy sharoitda, byudjet mablag‗larining maqsadli sarflanishini ta‘minlash, hamda korxona, tashkilotlarning diversifikatsiyalashuvida va rivojlanishida keng raqobatni yaratish va ularni rivojlantirish maqsadida davlat xaridlarining yanada mukammal, ochiq va shaffof, savdo ishtirokchilarining yuqori darajadagi raqobatini va ularning teng ishtirokini ta‘minlaydigan, takomillashgan davlat xaridlari shakllarini joriy etish orqali zamonaviy xarid mexanizmi yo‗lga qo‗yilishi va rivojlantirilishi dolzarb masalalardan biri bo‗lib hisoblanadi. Davlat moliyasini boshqarishda byudjet mablag‗laridan samarali foydalanishni ta‘minlash, davlat ehtiyojlari uchun zarur bo‗lgan tovar va xizmatlarni etkazib berishda tadbirkorlik sub‘ektlarining keng ishtirokini yanada rivojlantirish hamda davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida raqobat va shaffoflikni yanada kuchaytirish mamlakatimizda davlat xaridlari tizimini takomillashuvini talab qiladi. Mamlakatimizda davlat xaridi tizimini izchillik bilan takomillashtirish yo‗nalishida keng ko‗lamli ishlar olib borilmoqda. Buning uchun zarur bo‗lgan huquqiy-tashkiliy poydevor yaratilgan. Yaqin kungacha davlat xaridlari sohasi 30 dan ortiq normativ- huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinardi, bunda yaxlit tizim mavjud emas edi. Buning oqibatida esa ba‘zan huquqiy jihatdan bir-birini rad etuvchi holatlar ham vujudga kelgan. Ayrim holatlarda esa takrorlovchi tartib- taomillar korruptsiyaga sharoit yaratgan va ko‗p vaqt yo‗qotishga sabab bo‗lgan. Bu kabi muammolarning oldini olish, davlat xaridlarini tartibga soluvchi yagona va yaxlit normativ-huquqiy bazani shakllantirish hamda uni bir xilda qo‗llash maqsadida 2021 yil 22 aprelda «Davlat xaridlari to‗g‗risida»gi yangi tahrirdagi O‗zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun davlat xaridlari ochiqligi va shaffofligini hamda bu sohada tadbirkorlarning raqobatlashuvini ta‘minlamoqda, davlat byudjeti, 119 markazlashtirilgan manbalar va davlat ulushiga ega bo‗lgan korxonalar mablag‗laridan samarali foydalanishga imkon yaratmoqda. Shu bilan birga, davlat xaridlari bo‗yicha tender va tanlov savdolarini elektron tarzda o‗tkazish to‗g‗risidagi Nizom, Tovar (ish, xizmat)larni to‗g‗ridan-to‗g‗ri va soddalashtirilgan usulda xarid qilish to‗g‗risidagi Nizomlarni ishlab chiqish, davlat xaridlari bo‗yicha boshqa qonunosti hujjatlarni unifikatsiyalash ham muhim masalalardan sanaladi. O‗zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etishning yaqin kelajakdagi asosiy istiqbolli yo‗nalishi bu – internet va zamonoviy texnologiyalarga asoslangan elektron xarid hisoblanadi. Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilot mutaxassislari davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish loyihalari buyicha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning tajribalari haqida ma‘lumotlarni to‗plab, uni tizimlashtirmoqdalar. Davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish va uni rivojlantirish, dunyo miqiyosida savdoni elektron tarzda tashkil etish an‘anasining tabiiy davomi hisoblanadi. Zamonoviy tarmoq texnologiyalaridan davlat xaridini tashkil etishda foydalanish, xaridni qog‗ozli hujjat aylanmasiga asoslangan an‘anaviy tarzda tashkil etishga nisbatan bir-qancha yutuqlarga ega. Tanlov hujjatlarini ―qog‗ozli‖ tashkil etish, tanlov haqida matbuotda e‘lon nashr etish, tovar etkazib beruvchilar bilan muloqot, tanlovga ishtirok etish uchun arizalarni to‗plash kabi texnologiyalarni ideal tarzda tashkil etilganda ham, ushbu jarayon davlat buyurtmachisidan ancha kuch va vaqt talab etadi. Agar hujjatlarga tuzatish va aniqlik kiritish talab etilsa, unda barcha jarayonlarni deyarli boshdan qayta boshlash kerak bo‗ladi. An‘anaviy usulda xaridni tashkil etishda tovar va xizmatlar etkazib beruvchilarga ham ancha noqulayliklar mavjud, masalan, tanlov haqida ma‘lumot topish, hujjatlar to‗lamini sotib olish, uni aniqlashtirish va to‗ldirish, arizalarni taqdim etish zarur. Internet-texnologiyalarni joriy etish, savdoni o‗tkazishga tayyorgalik jarayonlarini va tanlov savdolarini samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, tanlovga ishtirok etishni soddalashtirish va uning shaffofligini oshirish hisobiga tovar va xizmatlar etkazib beruvchilar sonini ortishiga olib keladi. Davlat buyurtmasini joylashtirish bo‗yicha savdolarga mamlakatning chekka hududlaridagi kichik va o‗rta korxonlar ham ishtirok etish imkoniyati oshadi. Natijada raqobat kuchayib, ancha foydali takliflar yuzaga chiqadi. 120 Jahon banki dunyodagi yirik xalqaro moliya instituti sifatida, bugungi kunda ko‗plab rivojlanayotgan mamlakatlarga davlat xaridini tashkil etishda elektron savdolar tizimini joriy etish bo‗yicha ko‗maklashmoqda. Mazkur yordam maslahat shaklida bo‗lib, uning yo‗nalishlarini ko‗rish mumkin. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling