U yu. O„roqov


Davlat xaridlari to„g„risidagi qonunchilikni buzganlik uchun


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/94
Sana20.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1216070
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   94
Bog'liq
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма

 
11.4. Davlat xaridlari to„g„risidagi qonunchilikni buzganlik uchun 
ma‟muriy javobgarlik choralari 
 
Davlat 
xaridlari 
rejalarini, 
shu 
jumladan 
reja-jadvallarini 
shakllantirish va joylashtirish tartibi bo‗yicha qonunchilik talablariga rioya 
116 
 
etmaslik, shuningdek davlat xaridlari to‗g‗risidagi qonunchilikda nazarda 
tutilgan hollarda davlat xaridlarini amalga oshirish chog‗ida maxsus 
axborot portaliga davlat xaridlari bo‗yicha e‘lonlar joylashtirish tartibini, 
majburiy muhokama o‗tkazish tartibi va muddatlarini hamda davlat xaridi 
natijalarini joylashtirish muddatlarini buzish – mansabdor shaxslarga 
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o„n baravarigacha 
miqdorda jarima solishga sabab bo‗ladi.
Davlat xaridlari to‗g‗risidagi e‘lonlarga va xarid hujjatlariga 
qonunchilikda taqiqlangan hamda raqobatni cheklovchi axborotni, 
havolalar va talablarni kiritish, xarid hujjatlarini tasdiqlash hamda 
buyurtmalarni shakllantirish tartiblarini buzish –mansabdor shaxslarga 
bazaviy hisoblash miqdorining o„n baravaridan o„n besh baravarigacha 
miqdorda jarima solishga sabab bo‗ladi.
Tovarlarni, ishlarni va xizmatlarni yetkazib beruvchilarni tender 
o‗tkazish yo‗li bilan aniqlash talablarini buzish, shuningdek davlat 
xaridlari to‗g‗risidagi qonunchilikka muvofiq tovarlarni yetkazib 
beruvchini, ish bajaruvchini va xizmat ko‗rsatuvchini raqobatli xarid usuli 
vositasida aniqlash belgilangan hollarda, davlat xaridlarini yagona 
yetkazib beruvchidan yoki to‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnomalar asosida amalga 
oshirish to‗g‗risida qaror qabul qilish – mansabdor shaxslarga bazaviy 
hisoblash miqdorining o„n besh baravaridan yigirma baravarigacha 
miqdorda jarima solishga sabab bo‗ladi.
Davlat xaridlari jarayonidagi affillanganlik va manfaatlar to‗qnashuvi 
haqida davlat xaridlari to‗g‗risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda 
xabar bermaslik, shuningdek davlat xaridlari to‗g‗risidagi qonunchilikda 
nazarda tutilmagan hollarda, davlat xaridlari bo‗yicha takliflarni qabul 
qilmaslik yoki takliflarni taqdim etish muddatlarini davlat xaridlari 
to‗g‗risidagi qonunchilik talablariga zid ravishda qisqartirish, shuningdek 
takliflar solingan konvertlarni ochish va xarid hujjatlariga muvofiq 
takliflarni baholash talablarini buzish – mansabdor shaxslarga bazaviy 
hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o„ttiz baravarigacha 
miqdorda jarima solishga sabab bo‗ladi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling