Ubaydulla solih оg’li zavqiy (1853-1921)


Download 173.5 Kb.
bet3/6
Sana14.11.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1772401
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zavqiy KURS ishi (1)

1.1. Zavqiy – lirik shoir
Zavqiy lirikasi tematik va o’oyaviy jihatdan o’ziga xos orginallikka ega. Ularda lirik qahramonning ishqiy intim kechinmalaridan tortib, zamonaning aktual ijtimoiy masalalariga bo’lgan munosabatigacha o’z badiiy ifodasini topgan. Zavqiy lirik merosini tekshirish uning ijodiyotida ijtimoiy-siyosiy motivlar ishq-muhabbat temasini yoritishga qaraganda birmuncha ustun ekanligini ko’rsatadi. Tarditsion mavzudagi o’azal va muxammaslarda ham o’sha tuzumdagi nohaqliklar qoralanib, adolatsizlikdan norozilik kayfiyatlari ifodalanadi, jamiyatdagi zo’ravonlikka ochiq qarshi chiqish o’z aksini topadi.
Zavqiyning «kelmasa kelmasa, netay» radifli o’azali bu jihatdan juda xarakterlidir. Alisher Navoiyning mashhur «Gar alomimo’a chora yo’q, bo’lmasa bo’lmasun, netay?» misrai bilan boshlanuvchi o’azaliga nazira tarzida bitilgan Zavqiy asari o’zining sotsial mazmundorligi bilan birmuncha ajralib turadi. U avoiy o’azalining vazni va takroriy uslubida yaratilgan bo’lishiga qarmay, mazmuni va o’oyaviy yo’nalishi jihatidan farq qiladi. Unda shoirning o’zi yashayotgan muhit va tuzumdagi tengsizlikka nisbatan ochiq noroziligi sezilib turadi. Sevgili uchun sarf qilish uchun boyligi, taklif qilish uchun durustgina kulbasi bo’lmagan lirik qahramon o’zining nochorligidan qayo’urib, odil bir zamonni orzu qiladi:
Ishq elining dodiga solmasa yurtu el qulo,
Odili bir zamon yo’q, kelmasa kelmasun, netay?
Zavqiyning lirik qaxramoni pok sevgi egasi. U yuksak insoniy fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan: qalbi toza, vijdonli, va’dasida qat’iy va o’ta odobli, ammo zamona zo’ravonlari oshiqning muhabbatiga ham chang choladilar, ma’an tortib oladilar. Shoir o’z qahramonining bu vaqtdagi ruhiy holatini shunday qalamga oladi: Оz sevgilisidan kuch bilan ajratilgan oshiq shafqatsiz falak dastidan faryod chekadi, orzu-umidlari poymol etilganidan o’azablanadi.
Zavqiyning lirik asarlari orasida «Yuzingni ko’rsatib avval o’zingga bandalar qilding» misrai bilan boshlanadigan muxammas aloihida diqqatga sazovordir. Insoniy sevgining o’ziga xos lazzatlari va tashvishini, oshiq qalbining shirin iztiroblarini aks ettirgan bu lirik asar o’zining opt imistik ruhi bilan yillar osha xalq tili va kuylariga yashab kelmoqda. Unga uzoq umr baxsh etgan omillardan biri muxammasning mazmuni, tuzilishi va uslub jihatidan xalq tili va diliga nihoyatda yaqinligidadir. U garchi yakka shaxs-lirik qahramon muhabbatining alam-iztiroblarini badiiy gavdalantirsa ham, umumlashtiruvchi xarakterga ega: oshiqning yurak dardini va nozik psixologik holatlarini chuqur ifoda etadi. a)
Zavqiy yana bir muxammasida davr sharoitining naqadar og’irligi, «Sitamgar charx»ning kundan-kunga yangi jafolar yog’dirayotgani tufayli faqat oshiq-ma’shuqlargina emas, balki ota-ona, qarindoshlar o’rtasida ham mehrevolyutsiya-oqibat tugab borayotgani, mavjud ahvol shunga majbur qilayotgani haqida achinish billan yozadi. Har bandnning so’nggi misrasida radif bo’lib kelayotgan bor ekan bunday» iborasi asarga vazmnlik baxsh etib uni xalq oo’zaki ijodiyotiga yaqinlashtiradi: b) Chiqib boshim: Ammo shoir tushkun kayfiyatda yashamaydi... U tez vaqt ichida «o’amdan ozod» bo’lishiga, yorning arazni qo’yib, lutf etishi muqarrarligiga ishonadi. Zavqiy lirikasiga xos bu ko’tarinki kayfiyat o’sa borib, keyinchalikshoirning «Ajab ermas» kabi klassik asarining yuzaga kelishiga asos bo’ldi.
Zavqiy Оzbekiston xalqlari hayoti va kelajagida ob’ektiv jihatdan muhim progressiv ahamiyat kasb etgan Оrta Osiyoning Rossiya tomonda bosib olinishidek tarixiy voqeani to’gri tushungan, xonlik tuzumining tugatilishi, ilo’or o’oyalarning kirib kelishi natijasida erli xalq hayotida yuz berayotgan birmuncha ijobiy o’zgarishlarni juda tezda ko’ra olgan va ularni ilo’or o’oyaviy pozitsiyadan turib, san’atkorona aks ettirgan. Rossiya texnikasi, madaniyati, ilm-fanini tarixiy taraqqiyotning namunasi sifatida baholab, o’z o’oyaviy dushmanlari qarashlarini qoralaydi va o’tmish xon-beklar davrini nafrat bilan tilga oladi:
Yurakda laxta qonlar, quloq soling, yoronlar,
Asrida begu xonlar, esiz o’tgan zamonlar,-
Der ekan, «Julus o’ruso’a» etganda xalq turmushi, hayoti birmuncha yaxshilanganini ta’kidlaydi:
Ilm-madaniyat, texnikaviy taraqqiyotning o’zbek xalqi orasida keng kirib borayotganini quvonch bilan tasvirlagan avqoloqlik, nodonlik sababchilari bo’lgan xon-amaldorlarning qilmishlari haqida ham bir qator asarlar yaratgan.
Professor ¢.¢ulomov «siyosiy-grajdanlik temasida» deb nomlangan bunday she’rlardan biri «Chekib hasrat demish xon shahri Huqandimdin ayrildim» misrai bilan boshlanuvchi satirik muxammasidir.
Muxammas Qo’qon xoni Xudoyorxonning taxtdan tushirilgandan keyingi ahvolining realistik tasvirini beradi. Asarda Xonning o’z tilidan o’zini fosh etish priyomidan ustalik bilan foydalangan Zavqiy xonlik tuzumi, uning tugatilishi munosabati bilan bu tarixiy voqeaga nisbatan o’z qarashlarini ifodalaydi.
1874-75 yillarda ko’tarilgan qo’zo’olon tufayli Xudoyorxon Qo’qonni tashlab chiqib ketishga majbur bo’ladi. «Davlat o’ururi» bilan yurtu elning oo’ir ahvolidan bexabar bo’lgan xon «oliy martabasidan» quvilgach, hukmronlik davridagi o’z qilmishlarini o’zi shunday izhor qiladi: g)
Zavqiy etti bandlik bu muxammasining har bir bandida Xudoyotxon obrazining bircha qirralarini shunday san’atkorona ochib beradiki, xon o’quvchi ko’z oldida barcha nomaqbul va qabih hatti-harakatlari bilan gavdalanadi. Kontrost priyomidan ustalik bilan foydalangan shoir Xudoyorxonning xonlikdan mahrum bo’lgandan so’nggi ahvolini quyidagicha ko’rsatadi: d)
Zavqiy ijodining ilk davrlariga mansub bo’lgan bu muxammas yosh shoirning ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz berayotgan voqea-hodisalarga nechoo’lik hozirjavoblik, sitnchkovlik va ziyraklik bilan yondashganidan, mavjud tuzumni nafratlaganidan dalolat beradi. Bu esa, o’z navbatida, xon va xonlikning tugab, tarix sahnasidan tushib borayotgani, ossiyaga qo’shilishga xayrxohlik bildirilayotgani haqidagi shoirning progressiv fikrlarini ukib olishga imkon beradi.
Emak shoir lirik asarlarida ham zamonaning aktual masalalariga murojaat qildi, yangilikka ko’z-quloq bo’lib turdi...
«Ajab ermas» muxammasi...

Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling