Uch bo’lakli qoraqiz -bolalar uchun foydali o’simlik. Reja: Kirish 1
Uch bo’lakli qoraqiz haqida ma’lumot
Download 0.55 Mb.
|
farmk kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik tarqalishi
2.2. Uch bo’lakli qoraqiz haqida ma’lumot
Morfologik ko’rinishi Ittikanak .Bidens tripartita L.Oʼsimlikni tavsifi.Ittikanak bu Asteraceae oilasiga kiruvchi bir yillik oʼsimlik, balandligi 15-60 (100) sm gacha, uncha katta boʼlmagan, kuchli rivojlangan oʼq ildizli oʼsimlik. Poyasi tik turuvchi, silliq yoki kam tukli, baʼzan asosidan novdalari qarama qarshi joylashgan. Barglari qarama-qarshi, toʼq yashil rangda, barg bandi qanotsimon shaklda, asoslari bilan birlashgan.Barg plastinkasi uzunligi 3-7 mm, eni 1-4 mm, cheti tishchasimon boʼlakli. Novdalar uchida joylashgan savatchalar tik turuvchi, ularning enini oʼlchami uzunligiga (6-15mm) teng yoki deyarli teng. Oʼrama bargi ikki qatorli, tashqi barglari yashil, choʼzinchoq; ichki barglari qoʼngʼir-sariq, ovalsimon, gullaridan kichikroq. Gullari naychasimon, ikki jinsli, xira sariq. Urugʼlari ponasimon.Iyun-sentyabr oylari gullaydi. Mevasi (urugʼlari) avgust-sentyabr oylarida bir vaqtda pishmaydi.Tibbiyotda oʼsimlikning barglari va yosh novdalari ishlatiladi. Geografik tarqalishi.Ittikanak Toshkent viloyatida uchraydi. U asosan daryolar, irmoqlar, koʼllar, boshqa suv havzalarining qirgʼoq boʼylarida, nam oʼtloqlarda, ariqlar va tomorqa hamda sugʼoriladigan yerlarda begona oʼt sifatida uchraydi. Maxsulotni tayyorlash.Xom ashyoni yigʼish va uning sifati.Ittikanak gullashdan oldin va qisman gullash davrida bargli yuqori qismini kesib olib va katta barglarni yulib olib xom ashyosi yigʼiladi. Kech hosil yigʼilganda faqat yon novdalar kesiladi, bunda qoraygan savatchalar olinmaydi. Xom ashyolar chordoqlarda yoki ayvonlar ostida quritilib, ularni mato yoki qogʼozga qalinligi 5-7 sm dan oshmaydigan qatlamda yoyiladi. Quritilgan xom ashyoda novdalar qayrilmasligi, balki sinishi kerak. Ittikanak issiqlik va namlikni yaxshi koʼradigan oʼsimlik. Sovuq yomgʼirli bahorda u sekin oʼsadi va yomon rivojlanadi.Ekin ekish uchun nam boʼlgan pastlik joylar ajratiladi. Eng yaxshi tuproqlar bu oʼtloqli, lekin boshqa unumdor nam va muntazam sugʼoriladigan tuproqlar ham yaraydi.Ittikanak xom ashyosini ommaviy gʼunchalash bosqichida yigʼish boshlanib, ommaviy gullash davrida tugaydi. Ittikanakni oʼroq-maydalagichlari yordamida oʼriladi va maydalangan massa quritish joyida yetkazilib, 45-500S haroratda bugʼ yoki olov yordamida quritish moslamalarida quritiladi. Quritilgandan soʼng foydalanish uchun yaroqsiz katta poyalari barglaridan ajratib olinadi.Ittikanakni tomorqada ham muvaffaqiyatli oʼstirish mumkin. 1,5-2 kg oʼsimlik oʼtini olish uchun sovuq toʼshishidan 1-1,5 oy oldin quruq urugʼlar 1,5-2 m2 maydonga ekiladi. Urugʼlar 3-4 sm chuqurlikda joʼyaklarga ekiladi va 1-1,5 sm tuproq qoplanadi. Joʼyaklarning masofa oraligʼi 30-45 sm boʼladi. 1 m2 ga 1,5-2 gr urugʼ sepiladi. Bahorda maysalar unib chiqqach, tuproqlar yumshatilib, begona oʼtlardan tozalanib sugʼoriladi. Oʼsimlikning uchki qismi gullash davrida kesib olinadi. Urugʼ olish uchun 2-3 dona oʼsimlik qoldiriladi. Maysalar chordoqlarda yoki ayvonlarga quritiladi. Quruq, qorongʼi joyda qogʼoz yoki plastik qoplarda saqlanadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling