Uch bo’lakli qoraqiz -bolalar uchun foydali o’simlik. Reja: Kirish 1


Download 0.55 Mb.
bet5/9
Sana22.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1650782
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
farmk kurs ishi

Maxsulotni tashqi ko’rinishi.Ittikanakni quritilgan xom-ashyosi uchki barglar va uzunligi 15 sm gacha boʼlgan (poyalar) va alohida barglardan iborat aralashmadir. Barglari yashil yoki qoʼngʼir yashil rangda, poyalariniki yashil yoki yashil binafsha rangda. Hidi oʼziga xos, taʼmi achchiq, ozgina ogʼizni bogʼlovchi. Xom ashyoning namlik darajasi 13% dan oshmasligi; umumiy kul 11% dan, qoʼngʼirlashgan qoraygan poya va barglari 3% dan, uzunligi bilan 15 sm dan uzunroq uchki bargli qismi 3% dan, organik birikmalar 2% dan, mineral (tuproq, qum, tosh) 1% dan oshmasligi kerak. Tayyor xom-ashyo ogʼirligi 50 kg oshmaydigan toylar yoki oʼramlarga joylashtiriladi. Quruq va havo yaxshi aylanadigan joylarda saqlanadi. Xom ashyoning yaroqlilik muddati 2 yil

Mahsulotning mikroskopik tuzilishi

Epidеrmis hujayra dеvorlari egri - bugri.Ikki xil tuklari bor:3-7 hujayrali, kalta qalin dеvorli, bo’lib qalin kutikula bilan qoplangan. ko’p hujayrali yupqa dеvorli tuklar Barg tomirlari bo’ylab bеzli yo’llar joylashgan bo’lib ichi qizg’ish - sarg’ish rangda bo’ladi
Kimyoviy tarkibi.Ittikanak oʼsimligi tarkibida kamida 10 ta flavonoidlar, kumarinlar (umbelliferon i skopoletin), askorbin kislatasi (60-70 mg% ), karotin (50 mg% dan yuqori), kondensatsiyalangan taninlar (4,46% gacha), achchiqlik, shilimshiq, laktonlar, aminlar, katta miqdordagi marganets hamda efir moylarining izlari mavjud.
Tibbiyotda qoʼllanilishi.Ittikanak siydik haydovchi va terlatuvchi xususiyatlariga ega boʼlib , ovqat hazm qilishini yaxshilaydi, buzilgan metabolizmni normallashtiradi. Ittikanak preparatini urtikar toshmalar bilan kechadigan turli diatezlarda, skrofulezda, neyrodermit va bosh terisini seboreya kasalliklarida tavsiya etiladi. Tashqi tomondan qoʼllanilganda yara yuzasini quritadi va terining shikastlangan joylarini tezroq tiklanishiga yordam beradi. Oʼsimlik oʼtini shamollaganda terlatuvchi vosita sifatida, shuningdek, siydik haydovchi, yalligʼlanishga qarshi, vitaminli va allergiyaga qarshi davolanish vosita tarzida ham qoʼllaniladi. Ittikanakni qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar aniqlanmagan.Ushbu oʼsimlik 10 ta boʼlakli 100 gr li paketlarda va 75 gr briketlarda sotiladi. Bir boʼlagi bir stakan qaynagan suv bilan aralashtirib, 10 daqiqa tindiriladi va suzgichdan oʼtkaziladi. Ertalab va kechqurun ovqatdan keyin 1/3 stakandan ichiladi.Oʼsimlik damlamasi. 10 gr (3 osh qoshiq) oʼsimlik oʼti sirli idishga solinadi, 200 ml (1 stakan) issiq qaynatilgan suv solinadi va 15 daqiqa qaynab turgan suv xammomiga isitiladi, soʼngra 45 daqiqa sovutiladi, suzgichdan oʼtkaziladi va qolgan massasi ajratib olinadi. Suzilgan suyuqlikka suv qoʼshib, 200 ml gacha yetkaziladi. Damlama ovqattan keyin kuniga 2-3 marta ½- 1/3 stakandan ichiladi. Vanna qilish uchun har 10 litr suv uchun 1 stakan damlama solinadi. 2 kundan ortiq boʼlmagan muddatda salqin joyda saqlanadi..

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling