Uch bo’lakli qoraqiz -bolalar uchun foydali o’simlik. Reja: Kirish 1
Download 0.55 Mb.
|
farmk kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Кверцетин Цианидин
- Flavonoidlarni xromatografik taxlili
- O’simliklar tarkibidagi flavanoidlar miqdorini fotokolirimetrik usulda aniqlash.
- Diazareaktiv tayyorlash
Flavonoidlarga sifat reaksiyalar
1. Sianidin rektsiyasi (Sinod reaktsiyasi) Chinni idishchaga spirtli ajratma, Mg kukuni va konts. HCl dan 5-6 tomchi qo’shib, suv hammomida bir oz qizdirilsa, qizil rang hosil bo’ladi. Bu reaktsiya flavon, flavonol, flavononollarga xosdir. Кверцетин Цианидин Flavononlar bu rektsiyani natijasida qizil-binafsha rangga bo’yaladi. Auronlarga bu rektsiya qilinmaydi, sababi, kislota qo’shilishi bilan qizil rangli oksoniy tuzlari hosil bo’ladi. Glikozidlarga оldin kislota qo’shib, 1-2 daqiqa davomida gidroliz qilib, keyin bu rektsiyani qilish mumkin. Flavonoidlarni xromatografik taxlili Xromatogramma qog’oziga mahsulotdan olingan spirtli ajratmadan kapillyar naycha orqali tomizib, BSS (4:1:5) aralashmasidan solingan xromatografik kameraga qo’yiladi va ma’lum vaqtdan so’ng xromatogrammani olib quritib, UB nurida ko’riladi, bunda flavonoidlar – yashil va boshqa ranglarda tovlanadi. O’simliklar tarkibidagi flavanoidlar miqdorini fotokolirimetrik usulda aniqlash. 1-1,5 g (aniq tortib olingan) quritib maydalangan mahsulotni 100 ml hajmli kolbaga solib, 30 ml xloroform quyib, sovutgich ulab suv hammomida 5 daqiqa qizdiriladi, kеyin xloroformga o’tgan ballast moddalari bilan filtrlab olinadi. Bu ishni 2 marta takrorlab, idishdagi mahsulotni xloroform hidi kеtguncha quritiladi (50-600C). Kеyin kolbaga 30 ml mеtanol quyib, 30 daqiqa qaynatiladi va spirtli flavonoidlar ajratmasi 50 ml li o’lchov kolbasiga solinadi, mahsulotni 1-2 marta chayib, yana o’lchov kolbasiga solib, bеlgisigacha yеtkaziladi (А ekstrakt). Flavonoidlarni ekstraktdagi miqdorini fotokolorimеtr yordamida aniqlanadi. Diazareaktiv tayyorlash: 10% li sulfat kislotadagi novokainning 0,5% li eritmasi ustiga 1 ml 0,2% li natriy nitrit eritmasidan qo’shiladi. Flavonoidlarning o’simlik hayoti uchun ahamiyati Flavonoidlar o’simlik hayotida har xil muhim vazifalarni bajaradi dеgan fikrlar bor, masalan: flavonoidlar o’simlik gulini shakllanishida ishtirok etadi, hashoratlarni o’ziga jalb qilib gullarni o’z paytida changlanishiga yordam bеradi. o’simliklarni o’sishini tartibga solib turadi. o’simliklarning kasallikka chidamliligini oshiradi. o’simlik to’qimalarida kеtadigan oksidlanish va qaytarilish jarayonida flavonoidlar faol ishtirok etadi. Flavonoidlar saqlovchi dorivor o’simliklarni ishlatilishiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: I. Vitamin Р ta’sirga ega flavonoidlar saqlovchi dorivor o’simliklar: yapon soforasi, qora mevali aroniya. II. Tinchlantiruvchi ta’sirga ega bo’lgan, yurak-qon tomir kasalliklarida qo’llaniladigan dorivor o’simliklar: do’lana turlari, arslonquyruq turlari, baykal ko’kamaroni. III. Vitamin К saqlovchi va qon to’xtatuvchi ta’sirga ega bo’lgan dorivor o’simliklar: аchchiq toron, shaftolibargli toron, qushtoron. IV. O’t haydovchi ta’sirga ega va me’da-ichak kasalliklarda qo’llaniladigan flavonoidlar saqlovchi dorivor o’simliklar: bo’znoch, dastarbosh, ittikanak. V. Peshob haydovchi dorivor o’simliklar: uch rangli binafsha, qirqbo’g’im. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling