Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Uch o‘lchovli modellashtirish


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana17.02.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1205613
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3- MODIFIKATORLAR VA SPLAYNLAR YORDAMIDA

Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
bilan ishlanadi: yo‘l va kesim yuza. Kesim yuza yo‘l bo‘yicha o‘tadi va 
modelni shakllantiradi. Loft usuli yordamida yaratilgan modellardan biri, 
bu plintusdir. Plintus modelini yaratishda yo‘l sifatida xona shaklining 
splayni yaratiladi, kesim yuza sifatida esa - plintusning kesim yuzasi 
yaratiladi. 
Xuddi shunday Loft modellariga eshik ushlagichlari, shift karnizlari, 
ovqatlanish oshiqlari va boshqalarni aytish mumkin. Loft oddiy va 
murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy Loft bitta kesim yuzani va bitta yo‘lni 
birgalikda olib boradi, ya’ni model shakli yo‘l bo‘lib doimo o‘zgarmaydi. 
Murakkab Loft bir yo‘lni birnecha kesim yuzalar bilan birgalikda olib 
boradi. Bu esa obyekt shaklini yo‘l bo‘ylab o‘zgartirish imkonini beradi. 
Masalan, ovqatlanish qoshig‘i - bu murakkab Loft, chunki qoshiqning 
uzunligi bo‘ylab bir necha kesim yuzalari bir biriga ravon o‘tadi. 
Oddiy Loft yaratish tartibini ko‘rib chiqamiz.
 
1. Front (Oldidan ko‘rinish) oyna proyeksiyasida ikki splayn yaratiladi: 
Arc (Ark) va Ngon (Ko‘pburchak). Yoy bu splayn - yo‘l, ko‘pburchak esa 
splayn – kesim. 
Ikkita dastlabki splaynlar. 
2. Yaratilgan splayn - yoy belgilanadi, so‘ngra buyruqlar panelining 
birinchi bo‘limidan Create (Yaratish)ga, birinchi bo‘limning birinchi bo‘lim 
ostidan Geometry (Geometriya)ga kirib obyektlar turlarining ro‘yxati 
ochiladi va 
Compound Object (Murakkab obyekt) band tanlanadi. Bunda Loft 
model yaratuvchi asbob zarur bo‘ladi qytdagi rasm) (agar asbob aktiv 


Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
bo‘lmasa, demak sahnada splayn - belgilanmagan).
 
 
 
 
 
 
Loft asbobi 
 
3. Loft tugmasi bosiladi. Pastroqda yaratiladigan Loft modelini 
sozlovchi guruh paydo bo‘ladi. Splayn kesimini ko‘rsatish zarur. Buning 
uchun Creation Method (Yaratish usuli) bo‘limda Get Shape (Shakl olish) 
tugma bosiladi (quydagi rasm). So‘ngra sahnada splayn - ko‘pburchakda 
tugma bosiladi. 
 
Get Shape tugmasi 
 
4. Loft model paydo bo‘ldi. Uning shakli ikki dastlabki splaynlar bilan 
tasvirlanadi: yoy - yo‘l sifatida, ko‘pburchak - kesim sifatida. 
5. Hosil bo‘lgan model belgilanib chetga suriladi. Uning o‘rnida 
dastlab splayn - yo‘l ko‘rinadi. Shunday qilib, ikki splaynlar ham 
yo‘qolmaydi, faqatgina uchinchi obyekt qo‘shiladi. 



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling