Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Uch o‘lchovli modellashtirish


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana17.02.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1205613
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3- MODIFIKATORLAR VA SPLAYNLAR YORDAMIDA

Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
Tayyor Loft model. 
 
6. Splayn - kesim ajratiladi (ko‘pburchak). Buyruqlar panelining 
ikkinchi bo‘limiga o‘tiladi va uning radius, tomonlar sonining 
ko‘rsatkichlar qiymati o‘zgartiriladi. Splayn shakli o‘zgaradi, u bilan birga 
Loft model shakli ham o‘zgaradi. 
7. Agarda splayn - yo‘lni (yoy) ko‘rsatkichlari bilan ham, yuqoridagi 
amal bajarilsa splayn, Loft model shakllari o‘zgaradi. Shunday qilib, Loft 
usuli modelni yo‘l bo‘ylab uning yuzasini tasvirlash imkonini beradi. Shu 
bilan birga tayyor model dastlabki splayn bilan o‘zining shaklini yoki 
shakllarini saqlaydi. Bu juda qulay chunki yordamichi obyektlar 
yordamida modelni muharrirlash imkonini beradi. 
Loft modellar har xil interyer elementlarini yaratishda har xil 
hoshiyalar, o‘yma mebel oyoqlarini va mebel elementlarini yaratishda 
qo‘llaniladi. Loft usuli nimasidur bilan yuzani siqib chiqarish usuliga 
o‘xshab ketadi, lekin bu yerda balandlik Amount (Soni) ko‘rsatkich 
yordamida berilmaydi, balki alohida splayn yordamida beriladi. Xuddi 
kesimni siqib chiqarish usuli kabi, dastlabki splaynlarga ham talab 
qo‘yiladi, agar talab buzilsa ulardan Loft model olib bo‘lmaydi. Splayn 
yo‘lga quyidagi talablar qo‘yiladi: uning shakli bir martadan ortiq 
uzilmasligi lozim, u ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin, faqatgina bir joyda 
va bir marotaba. 


Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
EDIT MESH BILAN ISHLASH 
Modifier Edit Mesh - geometriyani tahrirlashning asosiy 
vositalaridan biri bo‘lib, ularsiz murakkab shaklli obyektlarni 
modellashtirishni tasavvur qilish qiyin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tahrir qilishdan 
tashqari, u turli xil modifikatorlarni qo‘llash uchun tarmoqlarni yoki 
ularning pastki obyektlarini tanlashda ishlatilishi mumkin. 
Edit Mesh modifikatori yordamida olma modelini yaratish misolini 
ko‘rib chiqaylik. 
1. Yuqori ko‘rish oynasida 45 radiusli Sphere (Shar) obyektini 
yarating. 
2. Buyruqlar 
panelining Modify (O‘zgartirish) buyrug‘idagi 
o‘zgartiruvchilar ro‘yxatidan Meshni tahrirlash qatorini tanlang. 
3. Tanlovni tarqatishda Vertex (Cho‘qqi) tugmasini bosish orqali 
nuqtani tahrir qilish rejimiga o‘ting. 
4. Perspektiv (Perspektiva) ko‘rish oynasida shaming yuqori tepasini 
tanlang. 
5. Rasmda ko‘rsatilgandek, yumshoq tanlov ko‘rsatkichlarini 
kengaytiring va yumshoq tanlash ko‘rsatkichlarining qiymatlarini 
ko‘rsating. Bundan tashqari, sharning yuqori nuqtasi atrofidagi uchta 
qator rang bilan ajratilgan bo ‘lishi kerak. 



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling