Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Uch o‘lchovli modellashtirish


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana17.02.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1205613
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3- MODIFIKATORLAR VA SPLAYNLAR YORDAMIDA

Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
splayni, bular standart splaynlardan yoki WRectangle (Devor uchun to‘g‘ri 
to‘rtburchak) murakkab splayn guruhidan (eslatiladi: hohlagan bu 
splaynilarni avvalo tahrirlanadigan turga o‘tkazish, ana shundan so‘ng 
obyekt osti splaynni va boshqa obyektlarni tahrir mumkin). Ana shunday 
o‘xshash tashkil etuvchi splaynlar bilan ishlashda ularni tashkil etuvchi 
alohida chiziqlarni splayning obyekt ostisi splayn bilan tahrirlash mumkin. 
Splayn Vertex (Cho‘qqi)larining turlari. 
Line (Chiziq) splaynini 
yaratish ketma-ketligini ifodalasa, shuni aytish kerakki chiziqni yaratishda 
silliq yoki siniq qilib chizish mumkin. Ko‘proq qo‘llanadigan variant bu 
ikkinchisi bo‘lib, bunda avval siniq chiziqlar yaratiladi, so‘ngra uning shakli 
silliqlanadi. Chiziq shaklini silliqlash davrida uning Vertex (Cho‘qqi)lariga 
(tayanch nuqtalariga) ishlov beriladi. 
Sahna hohlagan usul bilan tozalanadi (barcha obyektlarni y o‘qotish, 
yoki asosiy menyu Reset buyrug‘i bilan). Front (Oldidan ko‘rinish) 
proyeksiya oynasida Line (Chiziq) uskunasi yordamida ixtiyoriy shaklda 
siniq chiziq yaratiladi. Siniq chiziqni hosil qilish uchun rasm chizish 
vaqtida sichqonchaning chap tugmasi kursorni surayotgan davrida 
bosilmasligi lozim. Chiziqning nazorat nuqtasini hosil qilinadigan 
joylaridagina sichqonchaning chap tugmasi bosilishi lozim. Quydagi 
rasmda ko‘rsatilgandek chiziq hosil bo‘ladi. 
Ixtiyoriy siniq chiziq 
Yaratilgan siniq chiziq belgilnadi, buyruqlar panelining ikkinchi 
bo‘limiga o‘tiladi. Bu yerda modifikator oynasida, splaynning obyekt osti 


Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
tuzilishi ochiladi va Vertex (Cho‘qqi) bandi tanlanadi. 
Convert to Editable Spline Convert to Ecitable Mesh Convert to Editable Poly 
Convert to Editable Patch
Spline obyekti 
Obyekt ostidagi daraja tanlanishi bilanoq, splaynning barcha 
chiziqlari och rangli kvadratlar bilan belgilanadi. Markazga yaqinroq 
splaynning hohlagan Vertex (Cho‘qqi)si belgilanadi, belgilangan cho‘qqi 
qizil rangga bo‘yalishi kerak. Sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish bilan 
belgilangan Vertex (Cho‘qqi)ga nisbatan menyu paydo bo‘ladi. Bu yerda, 
uning yuqorigi chap qismida Vertex (Cho‘qqi)lar turining guruhi 
joylashgan. 
Menyudagi cho‘qqilar turining guruhi 
Bular quyidagi cho‘qqilarning turlari: 
Corner 
(Burchakli) - agarda haqiqatda siniq chiziq yaratilgan bo‘lsa, 
aynan ana shu tur belgilangan bo‘lishi kerak, chunki hozirgi paytda ana 
shu tur qo‘llaniladi. Agarda menyu boshqa tur bilan belgilangan bo‘lsa, 
Corner (Burchak)ni belgilash lozim. Bu turning xususiyati shundaki, chiziq 
ana shu cho‘qqidan og‘ganda sinadi va aniq burchak hosil qiladi. 
Smooth
(Silliqlangan) - hohlagan cho‘qqini tanlab, uni Smooth 
(Silliq) turga o‘tkaziladi. Ana shu cho‘qqidan o‘tgan chiziq silliqlangan 
bo‘ladi. 



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling