Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
6- 3DS MAXDA VIZUALIZATSIYA VA EFFEKTLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari mavzularda tez vizualizatsiya qilish jarayoni bajarilgan, bunda Render Production yoki “Shift+Q” tugmalami bosish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Vizualizatorni dastlabki sozlash ishlarini bajarmasdan ishga tushirish uchun Scanline vizualizatordan foydalaniladi. Mazkur vizualizator standart turdagi materiallardan foydalanadi ya’ni standart yorug‘lik manbai va syomka qiluvchi kamera. Qandaydir sahna atmosferasini sozlash, yorug‘likning tarqalish ishlari unda yo‘q. Shuning uchun tasvir tez yaratiladi, lekin vizualizatorlarga nisbatan sifati ancha past. Ko‘rilayotgan sahnaning tashqi ko‘rinishi haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun Scanline oraliq vizualizatsiyasini bajarish uchun qulay. Uning vizualizatsiyasi juda kam vaqt oladi, shuning uchun uni hohlagan paytda bajarish mumkin. Shuni aytish kerakki, sahnaning yakuniy interyeri bilan vizualizatsiyani bajarishda Scanline to‘g‘ri kelmaydi. Uning zaifligi sahna atmosferasini bera olmasligidir. Sahna atmosferasi deganda, obyekt yuqorisidan yorug‘lik shulasini fazoda tarqalishini aks ettirishdir va bir xil tarqalgan yumshoq yoritilishdir. Scanlineda bunday narsa yo‘q, shuning uchun oddiy sfera vizualizatsiyada doimo bir tarafi qora. Chunki yoru g‘lik nuri faqat boshqa tarafga tushadi Vizualizatsiyasida sferani bir tarafi soyada joylashgan, boshqa tarafi yoritilgan. Bu holat sahnada yorug‘likning tarqalishi yo‘qligi uchun. 82-rasmda atmosfera bor va yo‘q paytida yorug‘lik nurlari o‘zini qanday tutishi ko‘rsatilgan. Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari Chapda sahna vizualizatsiyasining atmosfera ko‘rsatkichlari sozlanmagan, o‘ngda sozlangan Scanline vizualizator haqidagi ma’lumotni umumlashtirib uning ijobiy va salbiy tomonlarini belgilaymiz. Ijobiy tarafi: - yuqori tezlikda vizualizatsiya; - murakkab bo‘lmagan mahsulotni vizualizatsiyasida ortiqcha sozlash va ko‘rsatgichlarning yo‘qligi; - vizualizator standartli hisoblanadi ya’ni uni alohida qo‘shish shart emas; - ishlash sodda. Salbiy taraflari: - faqatgina standart turdagi materiallar va yorug‘lik manbalaridan foydalaniladi; - obyektning yuqorisidan yorug‘lik nurlarini tarqatish va obyekt yuzasidan nur qaytishining ilojisi yo‘qligi. Shunday qilib, Scanline vizualizator realistik loyihalarga yakuniy vizualizatsiyani bajarishga mos kelmaydi. Mental ray vizualizator . Mental ray vizualizator – ancha takomillashtirilgan va kuchli. Uning algoritmlari realistik tasvirlarni yaratish imkoniga ega. Asosiy tasniflari bo‘yicha u Scanline standart vizualizatorning aksidir, ya’ni vizualizatsiya davomiyligi ko‘p (bir qancha daqiqalardan to bir qancha soatlargacha), ish jarayonida maxsus |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling