Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
6- 3DS MAXDA VIZUALIZATSIYA VA EFFEKTLAR
Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari 3DS MAXDA VIZUALIZATSIYA VA EFFEKTLAR SAHNA KO‘RINISHI TUSHUNCHASI. ASOSIY VIZUALIZATSIYANI BOSHQARISH VOSITALARI Vizualizatorlar haqida . Hohlagan sahna ustida ishlashning yakuniy bosqichi - bu vizualizatsiya. Ana shu bosqich jarayonida barcha yorug‘lik manbalarini yaratish va sozlash lozim, atmosfera effektini qo‘shish, kerakli rakursni tanlash va tayyor tasvirni yaratishdir. Shu ongacha tezkor vizualizatsiya Render Production bajarilgan, uni bitta tugma bilan ishga tushiri sh yoki “Shift+Q” tugmalar to‘plami bosiladi. Tayyor tasvirni bajarish vizualizatorlar yordamida amalga oshiriladi. Vizualizatorlar bu mustaqil dastur. U 3ds Maxga o‘rnatilgan va unda tayyor tasvirlarni yaratish uchun algoritm va qoidalar mavjud. Sahnaning umumiy ko‘rinishi, yorug‘likni taqsimlash tartibi va uslubi, obyektlarda materiallarning umumiy ko‘rinishi - bularning aniq vizualizatorlarga bog‘liqdir, har xil turdagi vizualizatorlar mavjud. Ularning har biri universaldir, lekin amaliyotda vizualizatorlar aniq mahsulot turlarini yaratishda foydalaniladi. Multiplikatsion filmlarni yaratishda ko‘pincha: Render Man vizualizatorlardan foydalaniladi, arxitektura yoki interyerlarni vizualizatsiyasida V-Ray va Carona vizualizatorlardan foydalaniladi. Har bir ana shu vizualizatorlar manbalar va imkoniyatlarga ega. Ular aniq vazifani bajarish imkoniga ega. Vizualizatorlarning o‘zini talablari bor: materialni tahrirlashda, soha yorug‘ligini sozlashda, soya va atmosferani yaratishda. Barcha aytilgan elementlar realistik sahna effektini yaratishda asosiydir. Aniq vizualizatorlar manbaidan mahorat bilan foydalanilsa, tasvir foto suratdan farq qilmay qoladi. Scanline vizualizator . Scanline - 3ds Maxning standart vizualizatori. Uning uskunalari va imkoniyatlarining tasnifiga ko‘ra ancha kuchsiz. Uning yordamida biror realistik rasmni bajarish ancha murakkab. Lekin tayyor tasvir olish uchun u vizualizatsiyani tez amalga oshiradi. Avvalgi Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling