Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Uch o‘lchovli modellashtirish


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana17.02.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1205662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6- 3DS MAXDA VIZUALIZATSIYA VA EFFEKTLAR

Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
mavzularda tez vizualizatsiya qilish jarayoni bajarilgan, bunda Render 
Production yoki “Shift+Q” tugmalami bosish yo‘li bilan amalga 
oshirilgan. Vizualizatorni dastlabki sozlash ishlarini bajarmasdan ishga 
tushirish uchun Scanline vizualizatordan foydalaniladi. Mazkur 
vizualizator standart turdagi materiallardan foydalanadi ya’ni standart 
yorug‘lik manbai va syomka qiluvchi kamera. Qandaydir sahna 
atmosferasini sozlash, yorug‘likning tarqalish ishlari unda yo‘q. Shuning 
uchun tasvir tez yaratiladi, lekin vizualizatorlarga nisbatan sifati ancha 
past. Ko‘rilayotgan sahnaning tashqi ko‘rinishi haqida tasavvurga ega 
bo‘lish uchun Scanline oraliq vizualizatsiyasini bajarish uchun qulay. 
Uning vizualizatsiyasi juda kam vaqt oladi, shuning uchun uni hohlagan 
paytda bajarish mumkin.
Shuni aytish kerakki, sahnaning yakuniy interyeri bilan 
vizualizatsiyani bajarishda Scanline to‘g‘ri kelmaydi. Uning zaifligi sahna 
atmosferasini bera olmasligidir. Sahna atmosferasi deganda, obyekt 
yuqorisidan yorug‘lik shulasini fazoda tarqalishini aks ettirishdir va bir xil 
tarqalgan yumshoq yoritilishdir. Scanlineda bunday narsa yo‘q, shuning 
uchun oddiy sfera vizualizatsiyada doimo bir tarafi qora. Chunki yoru 
g‘lik nuri faqat boshqa tarafga tushadi 
Vizualizatsiyasida sferani bir tarafi soyada joylashgan, boshqa 
tarafi yoritilgan. 
Bu holat sahnada yorug‘likning tarqalishi yo‘qligi uchun. 82-rasmda 
atmosfera bor va yo‘q paytida yorug‘lik nurlari o‘zini qanday tutishi 
ko‘rsatilgan. 


Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
Chapda sahna vizualizatsiyasining atmosfera ko‘rsatkichlari 
sozlanmagan, o‘ngda sozlangan
 
Scanline vizualizator haqidagi ma’lumotni umumlashtirib uning 
ijobiy va salbiy tomonlarini belgilaymiz. 
Ijobiy tarafi: 
- yuqori tezlikda vizualizatsiya
- murakkab bo‘lmagan mahsulotni vizualizatsiyasida ortiqcha 
sozlash va ko‘rsatgichlarning yo‘qligi; 
- vizualizator standartli hisoblanadi ya’ni uni alohida qo‘shish shart 
emas; 
- ishlash sodda. 
Salbiy taraflari: 
- faqatgina standart turdagi materiallar va yorug‘lik manbalaridan 
foydalaniladi; 
- obyektning yuqorisidan yorug‘lik nurlarini tarqatish va obyekt 
yuzasidan nur qaytishining ilojisi yo‘qligi. 
Shunday qilib, Scanline vizualizator realistik loyihalarga yakuniy 
vizualizatsiyani bajarishga mos kelmaydi. 
Mental ray vizualizator
. Mental ray vizualizator – ancha 
takomillashtirilgan va kuchli. Uning algoritmlari realistik tasvirlarni 
yaratish imkoniga ega. Asosiy tasniflari bo‘yicha u Scanline standart 
vizualizatorning aksidir, ya’ni vizualizatsiya davomiyligi ko‘p (bir qancha 
daqiqalardan to bir qancha soatlargacha), ish jarayonida maxsus 



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling