Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Uch o‘lchovli modellashtirish


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana17.02.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1205662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6- 3DS MAXDA VIZUALIZATSIYA VA EFFEKTLAR

Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
Kamchiligi: 
- Scanline oddiy vizualizatorga nisbatan bu vizualizatordan 
foydalanishning murakkabligi; 
- vizualizatsiya jarayoning ancha uzoq davom etishi. . 
Vizualizatorning yagona kamchiligi - u 3ds Max standart paketiga 
kirmaydi, 
balki tashqi ulanuvchan modul hisoblanadi. Qolgan imkoniyatlari 
Mental rayga o‘xshaydi, afzalliklari va kamchiliklari ham o‘xshashdir, 
interyer va arxitektura loyihalarini yaratishda foydalaniladi. 
SAHNANING XOSSA VA FON PARAMETRLARINI SOZLASH 
Vizualizatsiyani ishga tushirishdan oldin kadr ko‘rsatkichlarini 
sozlash lozim. Kadrni sozlashda quyidagi tasniflar bilan ishlash tartibi 
ko‘riladi: 
• kadr o‘lchamlari; 
• kadrni avtomatik saqlash; 
tasvirni silliqlash
• kadr foni. 
Kadr o‘lchamlari. 
Tasvirning asosiy ko‘rsatkichlari bu uning 
o‘lchamlaridir. Kadr o‘lchamlarini rasmning vazifasiga bog‘liq ravishta 
tanlash lozim: agarda kadr keyinchalik bosmaga (pechatga) yaratilgan 
bo‘lsa, uning o‘lchamlari katta bo‘ladi, agarda internet resursda banner 
sifatida foydalanish uchun b o‘lsa aksincha kichik bo‘lishi lozim. Kadrning 
o‘lchamlari vizualizatsiyaning davomiyligiga bog‘liq. Bu Scanline 
vizualizatordan foydalanishda sezilmaydi, lekin boshqa vizualizatordan 
foydalanilganda bu seziladi. 
Kadr o‘lchamlari piksellarda ifodalanadi. Standart o‘lcham dastur 
bo‘yicha foydalaniladi 640x480 piksellar. Aynan shunday o‘lchamdagi 
kadrlar tezkor vizualizatsiyalarni bajarishda yaratiladi. Uskunalar bosh 
panelida Render Setup (Vizualizatsiyani sozlash) yoki “F 10” tugma 
bosiladi


Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
Render Setup tugmasi. 
Natijada Render Setup (Vizualizatsiyani sozlash) oyna paydo 
bo‘ladi.
U beshta bo‘limdan iborat, ular orasida bog‘lanish yuqoriddagi 
bo‘lim nomlariga kirish yordamida amalga oshiriladi. Hozirda Common 
(Umumiy) bo‘lim ochilgan. Unda bir necha guruh ko‘rsatkichlari 
joylashgan. Bizni Output Size (Oxirgi o‘lcham) guruh ko‘rsatkichlari 
qiziqtiradi. 
Output Size 
HDTV (video) * Aperture Width(mm): 23,760 
Width: 1280 : 1280x720 1920x1080 
Height: 720 I 2560x1440 3840x2160 
Image Aspect: 1,77778 Pixel Aspect: 1,00000 
Output Size guruh ko‘rsatkichlari. 
Bunda ikkita asosiy ko‘rsatgich joylashgan: Width (Eni) va Height 
(Balandligi). Bu yerda kadrga piksellarda aniq qiymatlar, uzunligi va eni 
beriladi, natijada kadr o‘lchami o‘zgaradi. Kadr o‘zgarganligi qayta 
vizualizatsiyada seziladi. Masalan, quyidagi qiymatlar beriladi 320x240 
piksellar va vizualizatsiya bajariladi. Tasvir joylashgan kadr to‘rt marta 
kichiklashadi. Agarda yaratilgan tasvir keyinchalik kompyuterda 
ko‘riladigan bo‘lsa, u holda uning o‘lchamlari 1200x900 piksel yetarli 
bo‘ladi. Agarda yaratilgan tasvir keyinchalik bosib chiqariladigan bo‘lsa, 
u holda katta qiymatlar berilishi kerak. Masalan, 2000x1500 piksel. 
Kadr o‘lchamlarining ko‘rsatkichi o‘stida Image Aspect (Tasvir 
proporsiyasi) ko‘rsatkich joylashgan. Bu yerda kadr tomonlarining 
mutanosibligi aks ettiriladi. Standart mutanosiblik - 1,333. Ana shu 



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling