Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Uch o‘lchovli modellashtirish


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana17.02.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1205662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6- 3DS MAXDA VIZUALIZATSIYA VA EFFEKTLAR

Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
• Stretch (Cho‘zish) - olov tilini balandlik bo‘yicha qanchaga 
cho‘zish lozimligiga javob beradi. Ushbu ko‘rsatgichni oshirish yo‘li bilan 
alanga tili yuqoriga cho‘ziladi, ko‘rsatkichni kamaytirish yo‘li bilan alanga 
effektining tili kamaytiriladi, alanga barcha tarafga tarqaladi. 
• Regularity (Muntazam/doimiy) - gabarit konteynerida olov 
hajmining joylashishiga javob beradi. Bu ko‘rsatkich qiymati 0 dan 1 
gacha. Maksimal qiymatda olov hajmi gabarit konteyner hajmi bilan 
mos keladi. 
Shunday qilib, mazkur guruh ko‘rsatkichlari alanganing umumiy 
shakliga javob beradi, quydagi rasmda alanga shaklining har xil shakllari 
keltirilgan. 
Alanga shaklining har xil variantlari. 
Characteristics (Tasniflar) guruhida quyidagi ko‘rsatkichlar 
keltirilgan: 
• Flame Size (Alanga tillarining o‘lchami) - alanga tilining 
o‘lchamiga javob beradi. Mazkur qiymat qancha baland bo‘lsa, 
alanganing tili shuncha katta bo‘ladi. 
Quydagi rasmda har xil o‘lchamli ko‘rsatkich qiymatlari bilan ikkita 
olov effekti keltirilgan. 


Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
Alanga tilining har xil qiymatlari. 

Flame Detail (Alanga tilining bo‘laklanganligi) - alohida alanga 
tilining qanchalik yorqinligiga javob beradi. Bu ko‘rsatkich qiymati 
qancha yuqori bo‘lsa, alanga tili shuncha aniq bo‘ladi. 100-rasmda 
alanga keltirilgan, bunda mazkur ko‘rsatkichning qiymati har xil. 
Alanga tilining har xil bo‘laklashtirish darajasining effektlari. 

Samples (Shulalar) - olovning umumiy tashqi ko‘rinishiga javob 
beradi. Bu ko‘rsatkich qiymati oshsa, olov ancha aniq va tartibli b o‘ladi. 
Lekin vizualizatsiya sezilarli uzoq bo‘ladi. 

Shunday qilib, bu guruh ko‘rsatkichlari alanganing umumiy 
tasnifiga javob beradi. Keyingi guruh ko‘rsatkichlari Motion (Harakat) 
alanganing yonish dinamikasiga javob beradi. Bunda quyidagi 
ko‘rsatkichlar keltirilgan: 

Phase (Faza) - bu ko‘rsatkich alangani harakatchanlik qilish 
imkoniyatini beradi. Uning qiymatini vaqtida o‘zgartirish alangani statik 
rasmdan dinamik effektga aylantirish mumkin. 

Drift (Aralashish) - bu ko‘rsatkich qanchalik alanga yonganda tili 
kuchli bo‘ladi. 

Explosion (Portlash) guruh ko‘rsatkichlari oddiy alanga yaratish 
emas, bakli animatsion portlash effektini yaratish imkonini beradi. 
Potrlash rejimini faollashtirish uchun Explosion (Portlash) bayroqcha 
o‘rnatiladi, portlash tutun bilan bo‘lishi uchun Smoke (Tutun) bayroqcha 
o‘rnatiladi. So‘ngra Setup Explosion (Portlashni sozlash) tugma bosiladi, 
uncha katta bo‘lmagan Setup Explosion Phase Curve (Portlash 
trayektoriya chizig‘ini sozlash) oyna hosil bo‘ladi. 



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling