Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Uch o‘lchovli modellashtirish


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana17.02.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1205662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6- 3DS MAXDA VIZUALIZATSIYA VA EFFEKTLAR

Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
materiallardan va yorug‘lik manbalaridan foydalaniladi, sahnada 
atmosfera effektining mavjudligi. 
Bu vizualizatorning katta afzalliklaridan biri, u avvaldan 3D 
dasturida, ya’ni uni alohida o‘rnatish yoki ulash kerak emas. Gap 
shundaki ko‘pgina vizualizatorlar 3D dasturining ajralmas qismi bo‘lib 
hisoblanmaydi, balki alohida ulanuvchi modul yoki ulanadigan 
“plaginlar”. Hozirda u dasturning umumiy uskunalar hisobiga qo‘shilgan 
va redaktor bilan birga o‘rnatiladi. Bu juda qulay, chunki alohida modul 
qo‘shish ehtiyoji yo‘q.
Eng yaxshi effektga erishish uchun Mental ray bilan ishlashda 
maxsus teksturalar va yorug‘lik manbaidan foydalanish lozim. Rasmni 
so‘nggi renderlashda vizualizator model yuzasidan tushayotgan va 
akslanishini hamda material xususiyatini hisobga oladi. Agar Mental ray 
hisoblash alogoritmidan foydalaniladigan bo‘lsa, u holda material turi 
va yorig‘lik manbai unga mos kelishi lozim. 
Sahna atmosferasi bilan ishlashda bu va boshqa vizualizatorlarning 
sezilarli kamchiliklaridan biri bu vizualizatsiyaning davomiyligidir. Sahna 
asosida rasm yaratishning jarayoni bir necha soat davom etishi mumkin 
(standart Scanline vizualizator bir necha soniyada bajarasdi). Bu 
muammo emas agarda vaqt bemalol bo‘lsa, lekin ko‘pincha 
vizualizatsiyani qisqa vaqtda bajarish talab etiladi. 
Mental ray vizualizatorning afzallik va kamchiliklari: 
Afzalligi: 
- yaratilayotgan tasvirning yuqori realistikligi. Sahna atmosferasi 
bilan ishlashda yorug‘lik tarqalishi va uni qaytarilish effektlarini yaratish 
va sozlash mumkinligi. Bu real hayot sharoitiga mos keladi; 
- bunda maxsuslashtirilgan materiallar va yorug‘lik manbalarining 
borligi. Bu tasvirlarni realistik yaratish imkonini beradi
- vizualizatorni dasturga o‘rnatilganligi, bu alohida modulni 
o‘rnatishni talab etmaydi. 
 



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling