Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana17.02.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1205662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6- 3DS MAXDA VIZUALIZATSIYA VA EFFEKTLAR

kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
ATROF-MUHIT TA’SIRI VA MAXSUS EFFEKTLARNI YARATISH 
3D dasturida ko‘pincha qiziqarli effektlar hisobga olingan, har bir 
effekt yaratiladigan tasvirni qandaydir turli xil qilishga, uni qayta ishlash 
yoki qandaydir element qo‘shish imkoniyatiga egadir. Bu bo‘limda 
yuqorida aytilgan effektlarni ishlatish tartibi, usullari va qo‘llsh holatlari 
ko‘rib chiqiladi. 
Ko‘rib chiqiladigan effektlar ikki guruhga bo‘linadi: oddiy effektlar 
va atrof- muhit effektlari. Atrof muhit effektlari asosan sahnaning barcha 
hajmiga ta’sir etadi, agarda ularni dastlab lokallashtirilmasa, aniq 
obyektlarga nisbatan oddiy effektlar lokallashgan holda ta’sir etadi. 
Atmosfera effektlari. 
Bir guruh atmosfera effektlarini ko‘rib 
chiqamiz, bularga quyidagi Fire Effect (Olov effekti), Fog (Tuman), 
Volume Fog (Hajmli tuman), Volume Light (Hajmli yorug‘li) effektlari 
kiradi. Shulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz. 
Fire Effect (Olov effekti). 
Olov effekti maxsus konteyner bilan 
lokallashtirilgan, chegaralangan statik yoki dinamik olov tasvirini yaratish 
imkonini beradi. Bu effekt orqali olovning barcha tasniflarini sozlash 
mumkin, bular olov zichligi, o‘lchamlari va rangi. Undan tashqari 
hohlagan rangda fantastik gulhanlar yaratish mumkin. Ana shu 
effetklarni yaratish tartibini ko‘rib chiqamiz. Buyruqlar paneli Create 
(Yaratish)ning birinchi bo‘limidan beshinchi Helpers (Yordamchilar) 
bo‘lim osti tanlanadi. So‘ngra obyektlar turining ro‘yxati ochiladi va 
undan Atmospheric Apparatus (Atmosfera apparatlari) variant 
tanlanadi.


Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
Atmospheric Apparatus band. 
Obyekt yaratishning uchta uskunasi paydo bo‘ladi: BoxGizmo (Kubli 
konteyner), SphereGizmo (Sferik konteyner), CylGizmo (Silindrik 
konteyner).
; Atmospheric Apparatus 
' Object Type 
BoxGizmo SphereGizmo CylGizmo 
Gabarit konteynerlarni yaratish uskunalari 
Gaborit konteynerlari model hisoblanmaydi. Bular ma ’lum fazo 
hududini ko‘rsatish imkonini beruvchi obyektlar bo‘lib, ulardan 
keyinchalik foydalanish uchun. Ular yordamida kelajakda olov aynan 
qayerda joylashishi va hajmi bo‘yicha qanday bo‘lishi belgilanadi. 
Yuqorida aytilgan konteynerlar kubli, sferik yoki silindrik bo‘lishi 
mumkin. Hozirgi holatda sferik konteyner ancha mos keladi. 
SphereGizmo (Sferik konteyner) uskuna tanlanadi va Perspective 
(Perspektiva) oyna proyeksiyasida o‘rtacha o‘lchamli konteyner 
yaratiladi. 
Hosil bo‘lgan konteyner belgilanadi, so‘ngra buyruqlar panelining 
ikkinchi bo‘limidan uning ko‘rsatkichlariga o‘tiladi. Bu yerda Sphere 
Gizmo Paremeters (Sferik konteyner ko‘rsatkichlari) ko‘rsatkichlar svitoki 
kerak bo‘ladi. 



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling