Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Uch o‘lchovli modellashtirish


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana17.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1205611
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2- OBYEKTLARNI YARATISH

Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
OBYEKTLARNI YASHIRISH 
Hierarchy (Erarxiya) va Display (Tasvirlamoq) bo‘limi bilan tanishish. 
Sahna tuzilishi katta loyihalarda murakkab, chunki ko‘pgina har xil 
obyektlarni o‘z ichiga oladi. Murakkab sahnalar bilan ishlashda qulaylikni 
ta’minlash uchun uchta maxsus manbalar mavjud: Hide (Yashirish), 
Freeze (Muzlatish), Isolate (Izolatsiyalash). Ular ma’lum sahna 
hududlarida ishlashga imkon beradi. Ana shu manbalardan foydalanish 
tartibini ko‘rib chiqamiz. 
Hide (Yashirish). 
Obyektlarni yashirish, foydalanilmaydigan 
obyektlarni vaqtinchalik yashirishga imkon beradi. Yashirilgan obyekt 
sahnada ko‘rinmaydi, xuddi butunlay yo‘q qilingandek. Yashirilgan 
obyektlar, standart ko‘rsatkichlarga binoan vizualizatsiyada ham 
ko‘rinmaydi, ya’ni tayyor mahsulatga nisbatan u yo‘q. Lekin bunday 
obyektlarni qolgan paytda sahnada tiklash mumkin. Ana shunisi bilan 
yashirish amali yo‘qotish amalidan farq qiladi. 
Aniq misolda Hide (Yashirish) manbani foydalanish tartibi bilan 
tanishib chiqamiz. 
1. Sahnada har xil shakldagi 4 ta sodda obyektlar yaratiladi (masalan, 
shar, kub, silindr va tor). 
2. Birinchi obyektni belgilab, so‘ngra sichqonchaning o‘ng tugmasi 
bosiladi. Kvadrat yuzali menyu paydo bo‘ladi, unda tez-tez 
qo‘llaniladigan asboblar va manbalarga zudlik bilan kirish mumkin 
bo‘lgan opsiyalar mavjud. Bunda yuqorigi qismda Hide (Yshirish) 
manbalar blokining opsiyalari joylashgan. 


Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
Hide blok opsiyalari 
3. Hide Selection (Belgilanganni yashirish) band tanlanadi. 
Belgilangan obyekt yo‘qoladi. Xuddi shu amalni ikkinchi obyekt bilan ham 
bajariladi. 
4. Qolgan ikkita obyektlarning birortasini belgilamasdan kvadrat 
yuzali menyu chaqiriladi va Unhide All (Hammasini ko‘rsatish) band 
tanlanadi. Ikkita yashirilgan obyektlar o‘z joyiga aytadi. 
5. Belgilanmagan qolgan o‘sha obyektlarni yashirish uchun avvalo 
qoldiriladigan obyektlarni belgilash lozim, so‘ngra kvadrat yuzali 
menyudan Hide Unselection (Belgilashni bekor qilishni yashirish) band 
tanlanadi. Bunday amallar yashiriladigan obyektlar qoladigan 
obyektlardan ancha ko‘p bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. 
6. Qolagan usul bilan sahnadagi barcha obyektlar yashiriladi. 
So‘ngra kvadrat yuzali menyudan Unhide by Name (Nom bo‘yicha 
yashirish) bandi tanlanadi. Yashirilgan obyektlarning ro‘yxatini beruvchi 
oyna paydo bo‘ladi. Bundan ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan obyektlarni 
belgilash mumkin. Unhide (Yashirmaslik) tugmani bosib, ularni sahnaga 



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling