Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2- OBYEKTLARNI YARATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari qaytariladi. Avval aytilganidek kvadrat yuzali menyu tez-tez ishlatiladigan asboblar va opsiyalarga zudlik bilan kiradi. Hide (Yashirish) opsiya manbalarning to‘liq ro‘yxati Display (Tasvirlamoq) bo‘limda joylashgan, panelning beshinchi bo‘limida Hide by Category (Kategoiya bo‘yicha yashirish) va Hide (Yashirish) to‘plamlar quydagi rasmda keltirilgan. Hide by Category oynasi. Hide by Category (Kategoiya bo‘yicha yashirish) to‘plamda yashirilishi lozim bo‘lgan obyektlarni belgilash mumkin. Bizning holatimizda Geometry (Geometriya) ko‘rsatilganda barcha bor obyektlar yashiriladi, chunki ularning barchasi geometrik obyekt hisoblanadi. To‘plamning bossa bandlarida ba’zi shakllarni, yorug‘lik manbalarini, Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari kameralarni, yordamchi obyektlarni, zarrachalar tizimini va boshqalarni yashirish imkonini beradi. Hide (Yashirish) to‘plamda obyektlarni yashirish opsiyalarining to‘liq hajmi berilgan. Kvadrat yuza menyusiga kiritilmaganlar quyidagilar: Hide by Name (Nom bo‘yicha yashirish) - sahnadagi obyektlar ro‘yxatini beradi, undan yashirish kerak bo‘lgan obyektlar belgilanadi va Hide (Yashirish) tugmasi bosiladi. Hide by Hit (Tugma bo‘yicha yashirish) - yashirish rejimli tugmani bosish bilan amalga oshiriladi. Bu rejimda tugma qaysi obyektga bosilsa, o‘sha obyekt yashiriladi. Yashirish rejimidan chiqish uchun faol oyna proyeksiyasining hududida sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi. Hide Frozen Objects (Muzlatilgan obyektlami yashirish) - bu opsiya muzlatilagan obyektlarni yashirish imkonini beradi. Muzlatilgan obyektlarning ko‘rinishini yaxshi darajada bo‘lishi uchun bu opsiya o‘chirilgan bo‘lishi kerak. Obyektlarni muzlatish haqida keyinroq fikr yuritiladi. Shunday qilib, Hide (Yashirish) manbaa sahnadan belgilangan obyektlarni vaqtinchalik yo‘qotish imkonini beradi. Shunday holatni ko‘z oldimizga keltiramiz, interyer sahnasi ustida ish olib borilayotgan paytda, shkaf modeli yaratiladi. Keyinchalik mebelning navbatdagi elementini yaratilayotganda ana shu yaratilgan shkaf modeli halaqit beradi. Bunday holda yaralgan mebelni vaqtincha yo‘qotish maqsadga muvofiq bo‘ladi to modellashtirish bosqichi tugaguncha. Freeze (Muzlatish). Sahnani tashkil qilishning ikkinchi manbai muzlatilgan obyekt ko‘z bilan ko‘rganda sahnada qoladi, lekin u bilan ishlash imkoni yo‘qoladi. Muzlatilgan obyekt sahnada kul rangda tasvirlarnadi va uni belgilashning ilojisi bo‘lmaydi. Obyektni muzlatish tartibi bilan tanishamiz. 1. Sahnada bor obyektlarning biri ixtiyoriy belgilanadi. Kvadrat yuzali menyu chaqiriladi va Freeze Selection (Muzlanganlarni tanlash) bandi tanlanadi. Obyekt kul rang bo‘lib oladi. U xuddi sahnada yo‘qdek. Uni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling