Uch o'lchovli potensial o'radagi zarra chuqurligi cheklangan potensial o'radagi elektron tunnel effekti reja


Tasvirlarni sintezlash bosqichlari


Download 83 Kb.
bet2/2
Sana09.06.2023
Hajmi83 Kb.
#1466116
1   2
Bog'liq
UCH O\'LCHOVLI POTENSIAL O\'RADAGI ZARRA CHUQURLIGI CHEKLANGAN POTENSIAL O\'RADAGI ELEKTRON TUNNEL EFFEKTI

Tasvirlarni sintezlash bosqichlari
Yuqorida keltirilgan effektlarni olish uchun uch o’lchovli tasvirni ikki o’lchovli proeksiyalar ko’rinishida monitor ekraniga sintezlash jarayoni 3D-konveyer deb ataladigan model bo’yicha quriladi. 3D-konveyer quyidagi asosiy bosqichlarga ajratiladi:
Ob’yekt sirtining geometrik modeli qurish uning tayanch nuqtalarini uch o’lchovli koordinatalarda berish va ularning chiziqlarini bog’lovchi tenglamalar yo’li bilan amalga oshiriladi. Olingan geometrik model o’zida ob‟yektning karkas modelini ifodalaydi (Wireframe).
Tunnel effekti — mikrozarralar (elektronatom va boshqalar) ning potensial toʻsiq (zarraning potensial energiyasi uning toʻliq energiyasidan katta boʻlgan soha)dan oʻtish hodisasi. Tunnel effekti toʻsiq sohasida zarra impulyelari (va energiyalari)ning sochilishi deb tushuntirish mumkin bulgan kvant effektidir. Kvant tabiatga ega bulgan mikrozarraning toʻliq energiyasi potensial energiyasidan kichik boʻlsada, uning toʻsiqdan oʻtish ehtimolligi noldan katta zarralarning toʻlqin xossalariga asoslangan. Agar mikrozarra kengligi g boʻlgan potensial urada v tezlik bilan harakatlansa, u har soniyada oʻrtacha vGʻr marta ura devoriga yakinlashadi. Tunnel effekti toʻsiqning shaffoflik koeffitsiyenti bilan izoxlanib, uning sodir boʻlish ehtimolligi iGʻr kattalikning toʻsiqning shaffoflik koeffitsiyenta D ga koʻpaytmasiga teng. D potensial toʻsiqning kengligi va balandligiga bogʻliq boʻlib, toʻsiqdan oʻtgan zarralar sonining toʻsiqqa ichkaridan urilayotgan zarralar soniga nisbati orqali aniqlanadi. Potensial toʻsiq qancha tor va zarra energiyasi toʻsiqning balandligiga qancha yaqin boʻlsa, Tunnel effekti ehtimoli shuncha yuqori boʻladi. Tunnel effekti tufayli avtoelektron emissiya hodisasi, qattiq jismning elektron oʻtkazuvchanligi, termoyadro reaksiyalari va boshqa sodir boʻladi. Tunnel effektni oʻrganish yarimoʻtkazgichli tunnel diodlarini yaratishga va amalda qoʻllashga imkon beradi.
Tasavvur qiling, siz kichkina koptokchani xonangiz devoriga otib, uni devorga urilib qaytishida yana tutib olib, o‘ynamoqdasiz. Albatta, har safar koptokchani devorga otganingizda u devorga borib urilib qaytadi. Chunki, u devor orqali qo‘shni xonaga o‘tib ketishi uchun yetarli energiyaga ega emas.
Biroq, kvant mexanikasi qonunlariga ko‘ra, koptokcha ehtimoliylikning uyqash to‘lqinlari sifatida tasavvur qilinadi va kvant fizikasiga ko‘ra, koptokchada devor orqali qo‘shni xonaga o‘tib ketish uchun juda oz bo‘lsa-da, harholda imkoniyat bor. Geyzenbergning noaniqliklar nisbatlari tamoyilini energiyaga tadbiq qilish qoidalariga asosan, koptokni tashkil qiluvchi zarrachalar devorni tashkil qiluvchi zarrachalar orqali tunneldan o‘tgandek o‘tib ketishi ehtimoldan holi emas. Ushbu nisbatga ko‘ra, zarracha muayyan vaqt momentida muayyan energiya miqdoriga ega bo‘ladi deb aniq aytishning iloji yo‘q. o‘ta kichik vaqt birliklari miqyosida, zarracha energiyasi sezilarli darajada fluktuatsiyalanishi mumkin va natijada, u devor to‘sig‘ini yengib o‘tish uchun yetarli qiymatga ega bo‘lib qolishi mumkin.
Bu satrlarni o‘qib, siz xuddi ertak eshitayotgandek, yoki, bo‘lmag‘ur gaplarni o‘qiyotgandek ensangiz qotishi tabiiy. Bu faqat - sizning kvant fizikasidan yaxshi xabardor emasligingiz tufaylidir. Aslida, tabiatda bu tarzdagi kvant tunnellash effekti allaqachon mavjud va u hozirda sizning qo‘l ostingizda ham ro‘y bermoqda desam, - hayratda qolmang. Masalan, tranzistorlarda elektronlar ushbu elektron uskunaning bir qismidan boshqa qismiga tunnel effekti bilan o‘tib turadi. Yadroviy parchalanishda ham zarrachaning uchib chiqishi tunnel effekti hodisasi orqali ro‘y beradi. Xususan, alfa-zarracha (geliy yadrosi) oxir-oqibatda uran yadrosidan tunnellanadi. Ushbu effektni XX-asr o‘rtalarida mashhur fizik Georgiy Gamov (1904-1968) va undan mustaqil ravishda Ronald Gyorni (1898-1953) hamda Edvard Kondonlar (1902-1974) tomonidan bayon qilingan edi. Ular, agar tunnel effekti bo‘lmaganda, alfa-zarracha hech qachon yadrodan uchib chiqa olmagan bo‘lardi deb bir ovozdan ta'kidlashgan.
Tunnel effekti Quyoshdagi termoyadro sintezi reaksiyalarining borishi uchun ham juda muhimdir. Ushbu effektsiz yulduzlar ham charaqlamagan bo‘lardi. Skanerlovchi tunnel mikroskopida tunnellanish hodisasi o‘tkazgich yuzalarning mikroskopik relyefini kuzatish imkoni beradi. Bunday mikroskopda juda ingichka va o‘tkir igna (zond) qo‘llaniladi va ushbu igna va tekshirilayotgan namuna orasida tunnel toki oqadi. Biokimyo va mikrobiologiyada ham, tunnel effekti fermentlar tomonidan ayrim reaksiyalarni qanday katalizlanishi mexanizmlarini o‘rganish uchun qo‘llaniladi.
Albatta, maqola boshida keltirilgan misol - koptokchaning devor orqali qo‘shni xonaga o‘tib ketishi - favqulodda oz ehtimollikka ega va makroskopik miqyosda deyarli imkonsiz. Tunnellanish faqat subatom miqyoslarida ro‘y beradi va bizning olamimizda amalda yuz berishi ehtimolligi favqulodda darajada oz. Sizning devor orqali yotoqxonadan oshxonaga o‘tib ketishingiz ehtimoli garchi yo‘q darajada kam bo‘lsa-da, harholda kvant fizikasi doirasida bunday ehtimollik istisno qilinmaydi. Lekin, agar siz koptokchani har soniyada bir martadan devorga otib tursangiz, sizda, butun Koinot paydo bo‘lgandan buyon o‘tgan vaqtdan (?13,7 milliard yil) ham ko‘proq vaqt sarflash orqaligina, koptokchani devor orqali tunnellab yuborish imkoni paydo bo‘ladi.
Zarrachaning potensial to'siq orqali o'tishi. Tunnel effekti
Zarrachaning bir o'lchamli, x o'qi bo'ylab, eng sodda to'g'ri burchak shaklidagi potensial to'siq orqali harakatini kuzataylik .
To'g'ri burchak shaklidagi potensial to'siq balandligi U va kengligi t bo'lgan hoi uchun chegaraviy shartlarni keltiramiz:
Bu chegaraviy shartlarda, E energiyali klassik zarracha potensial to'siqqa duch kelganda: E > U bo'lganda, to'siq ustidan o'tadi, E < U bo'lganda, to'siqdan urilib qaytib, orqa tomonga harakat qiladi, ya'ni zarracha to'siq orqali o'ta olmaydi.
Mikrozarracha (kvant zarracha) energiyasi E > U bo'lgan holda, to'siq ustidan o'tishidan tashqari, zarracha to'siqqa urilib, orqaga qaytish ehtimoli noldan farqli bo'lishi mumkin. Uning energiyasi E bo'lganda ham, zarracha x>l sohada bo'lish ehtimoli noldan farqli bo'lishi mumkin, ya'ni zarracha to'siq orqali o'tishi mumkin.
Bu ifodaning 1- hadi x - o'qi bo'ylab tarqalayotgan yassi to'lqin ko'rinishiga ega. ikkinchi hadi esa, x - o'qiga teskari yo'nalishda tarqalayotgan yassi to'lqindan iborat.
3 - sohada to'lqin faqat x - o'qi bo'ylab tarqaladi va orqa tomonga tarqalmaydi,
2 - soha uchun yechim E> U va E nisbatlarga bog'liq bo'ladi. E < U hol alohida qiziqish tug'diradi, chunki klassik zarracha bu holda potensial to'siq ichida bo'la olmaydi.
2 - sohada, eksponenta ko'rsatkichlari mavhum bo'lmay, haqiqiy sonlardan iborat bo'lgani uchun, ikki tarafga tarqaladigan yassi to'lqinlar bo'lmaydi.
Rasmdan ko'rinishicha, to'siq ichida va 3 - sohada to'lqin funksiyasi nolga teng emas ekan. Shu sababli mikrozarracha to'lqin xususiyatiga ega bo'lgani uchun belgilangan kenglikdagi potensial to'siq orqali o'ta oladi.
Shunday qilib, kvant mexanikasi tunnel effekti deb ataladigan yangi hodisani tushuntirib berish imkoniyatiga ega.
XULOSA
Tunnel effekti Quyoshdagi termoyadro sintezi reaksiyalarining borishi uchun ham juda muhimdir. Ushbu effektsiz yulduzlar ham charaqlamagan bo‘lardi. Skanerlovchi tunnel mikroskopida tunnellanish hodisasi o‘tkazgich yuzalarning mikroskopik relyefini kuzatish imkoni beradi. Bunday mikroskopda juda ingichka va o‘tkir igna (zond) qo‘llaniladi va ushbu igna va tekshirilayotgan namuna orasida tunnel toki oqadi. Biokimyo va mikrobiologiyada ham, tunnel effekti fermentlar tomonidan ayrim reaksiyalarni qanday katalizlanishi mexanizmlarini o‘rganish uchun qo‘llaniladi.
Адабиётлар:

1.
Таълим тўгрисидаги конун 1997 йил.
2.
Кадрлар тайёрлаш миллий дастури 1997 йил.
3. “Мактабда информацион-коммуникацион технологиялар”, Б.Болтаев, “Маърифат” газетаси, 2005 йил 26 февраль.
4. Ўзбекистон Республикасида масофавий ўкитишнинг ягона тизимини шакллантириш концепцияси 2003 йил 11 декабрь.
5. “Компьютерлаштиришни янада ривожлантириш ва ахборот коммуникация технологияларни жорий этиш чора-тадбирлари тўгрисида” Вазирлар Махкамасининг 2002 йил 6 июндаги карори.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling