Uchastka stansiyasi ishini tashkil etish


Stansiya ishining tezkor boshqaruv tizimi


Download 0.87 Mb.
bet2/20
Sana05.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#203716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
latifjondocx

1.2. Stansiya ishining tezkor boshqaruv tizimi
Temir yoʻl stansiyasi Nizomiga koʻra uchastka stansiyasining xoʻjalik va ishlab chiqarish ishlari, sutka va smena rejasini tashkil etish va nazorat qilish, texnika va harakat xavfsizligini ta’minlash nazorati, texnik uskunalarni ishlatish nazoratini stansiya boshligʻi, boshliq oʻrinbosari, stansiya muhandisi va boshqalar amalga oshiradi.

“N” uchastka stansiyasi manyovr ishlariga hamda stansiya ishini tezkor rejalashtirishga stansiya navbatchisi mas’ul hisoblanadi. Shu bilan birga, u yakka oʻzi poyezdlarni qabul qilish, joʻnatish, oʻtkazib yuborish, poyezd lokomotivlarini stansiyadan lokomotiv deposiga va depodan stansiya yoʻllariga berilishini hamda barcha bajariladigan manyovr harakatlarining bajarilishiga rahbarlik qiladi. Katta hajmli manyovr ishlari mavjud boʻlgan stansiyalarda ishlarga manyovr dispetcheri rahbarlik qiladi.

Stansiya navbatchisi buyruqlarining bajarilishi poyezdlarni qabul qilish, joʻnatish hamda oʻtkazib yuborish bilan bogʻliq boʻlgan har bir xodim uchun majburiy hisoblanadi.

Manyovr ishlarini poyezd tuzuvchisining rahbarligi ostida manyovr brigadalari bajaradilar. Manyovr brigadalari tarkibiga poyezd tuzuvchisi va uning yordamchisi, manyovr lokomotivi mashinisti hamda uning yordamchisi, signalchilar, strelka posti navbatchilari va vagonlar harakat tezligini rostlovchilari kiradi. Mahalliy sharoitdan kelib chiqib, manyovr ishlarini mashinist yoki poyezd tuzuvchisi yordamchilarsiz bajarishlari mumkin.



Quyida uchastka stansiyasining tezkor boshqaruv tizimi namunaviy sxemasi keltirilgan.

1-rasm. Uchastka stansiyasining tezkor boshqaruv sxemasi

Shartli belgilar:

DSS – manyovr dispetcheri.

DSP– stansiya boʻyicha navbatchi.

DSPP – parklar boʻyicha navbatchi.

STM – stansiya texnologik markazi.

------ - DSSni boshqarishdagi aloqa.

____ - DSPni boshqarishdagi aloqa.




    1. Download 0.87 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling