Uchastka stansiyasi ishini tashkil etish
Manyovr lokomotivlar sonini hisoblash
Download 0.87 Mb.
|
latifjondocx
Manyovr lokomotivlar sonini hisoblash
Manyovr lokomotivlarining talab etilgan miqdorini analitik hisoblash usuli hamda nisbatan aniq boʻlgan grafik usul bilan stansiyaning sutkalik ish-reja grafigi asosida aniqlash mumkin. Analitik hisoblash usulida avvalambor stansiyaning umumiy manyovr ishlari hajmini bajarish uchun sutkalik lokomotiv-daqiqalar sarfi aniqlab olinadi. Manyovr lokomotiv-daqiqalar sarfi bajarilgan manyovr jarayonlari sonining yigʻindisi sifatida belgilab olinadi (saralash, tuzish, uzatish, olib chiqish va boshqalar). Shu bilan birga, har bir jarayonga sarflangan aniq texnologik jarayonlar me’yorlari ham aniqlab olinadi. Manyovr lokomotivlarining talab etilgan soni, s2tansiya boʻyicha yoki har bir manyovr rayonlari boʻyicha alohida, quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin: bunda M ti – stansiyada bajariladigan barcha manyovr ishlariga sarflanadigan vaqtlar yigʻindisi, 5-jadval yordamida aniqlaymiz, lok-daq; Tдоп – manyovr lokomotivini band qilish uchun qoʻshimcha vaqtlar (ekipirovka, brigadalar almashuvi uchun vaqtlar me’yori). Ushbu vaqtni 90 daqiqa deb qabul qilamiz. Кн - manyovr ishlarining sutkalik hajmi nomutanosibligi koeffitsiyenti ( ); tortuv yoʻlidan foydalanishda u yoki bu xalaqit beruvchi marshrutlar tufayli toʻxtalishlarni hisobga oluvchi koeffitsiyent (). Manyovr lokomotivlarining aniq bir rayonga biriktirilishi ulardan oqilona foydalanishni, manyovr ishlarining xavfsiz bajarilishini, poyezd tuzuvchilari brigadasining mehnat unumdorligini oshishini va shu bilan bir qatorda, stansiyaning barcha ishlarida aniqlikni va toʻgʻri tashkil etilishini ta’minlaydi. Hisob-kitoblar natijasiga koʻra manyovr lokomotivining soni butun son boʻlmasligi mumkin. Shu sababli ularni har xil manyovr rayonlarida qoʻllanilishini, ishlarni ushbu rayonlar oʻrtasida qayta taqsimlashni, ularni birlashtirishni lokomotivlardan foydalanishni kuchaytirish va boshqa choralarni koʻrib chiqish lozim. Manyovr lokomotivlari tomonidan sutkalik manyovr ishlarini bajarilishiga sarflanadigan vaqt sarflari 5-jadval yordamida aniqlanadi. 5-jadval Stansiyada bajariladigan barcha manyovr ishlarining yigʻindisini hisoblash
Ushbu jadvalda vagonlarni yuk obyektlariga berish va olish jarayonlari soniga yana bir berish yoki olish vaqtini qoʻshib hisoblash lozim. Chunki oxirgi vagonlar guruhini yuk obyektlaridan olib ketish uchun yana alohida kelish kerak boʻladi. 1.2 ta lokomotiv qabul qilindi, 1 ta lokomotiv to’liq smenada ishlaydi ikkinchisi esa 5 soat Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling