1.3. Poyezd va vagonlarning kelishi bo‘yicha ma’lumotlar.
Uchastka stansiyasiga taxminiy hamda aniq ma’lumotlar kelib turadi. Oldindan taxminiy ma’lumotlar stansiyaga Yagona dispetcherlik markazidan smena uchun topshiriq bilan bir vaqtda beriladi. Ushbu ma’lumotlarda stansiyaga yaqin 12 soat davomida kelishi lozim bo‘lgan poyezdlarning soni keltirilgan bo‘ladi. Bunda qayta ishlovga kelayotgan poyezdlar alohida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bundan tashqari mazkur stansiyada yuk amallari bajarilishi lozim bo‘lgan vagonlar soni ham ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Har 4-6 soatli davrlarda Yagona dispetcherlik markazidan o‘zgartirishlar kiritilgan ma’lumotlar kelib turadi. Ushbu o‘zgartirishlar kiritilgan ma’lumotlarda har bir poyezd to‘g’risidagi ma’lumotlar ya’ni, uning indeksi, raqami, taxminan kelishi kutilayotgan vaqti, tarkibdagi vagonlarning umumiy soni, og’irligi hamda uning manzili berilgan bo‘ladi. Qayta ishlovga kelayotgan poyezdlar uchun esa poyezdlar tuzish rejasiga mos ravishda vagonlarning soni va manzillari va shu bilan birga mazkur stansiyada yuki tushirilishi lozim bo‘lgan vagonlar to‘g’risida ma’lumotlar keltirilgan bo‘ladi.
Poyezdlarning stansiyaga kelishi to‘g’risidagi aniq ma’lumotlarni stansiya ASOUPdan tarkiblar to‘liq yoki qisman qayta ishlovga kelayotgan poyezdlar orqali so‘rov bo‘yicha barcha poyezdlarga telegramm-natur varaq ko‘rinishida oladi. Telegramm-natur varag’ida poyezdlar to‘g’risidagi ma’lumotlarni DU-1 shakldagi natur varaqni tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma ko‘rsatmalariga mos ravishda to‘ldirilgan bo‘ladi.
Mahalliy vagonlar to‘g’risidagi ma’lumotlar, axborot beruvchi operatorlar tomonidan maxsus kitobga yozib olinadi va stansiya navbatchisiga (manyovr dispetcheriga), yuk qabul qiluvchilarga beriladi va unda yetib kelgan vagonlarning soni va yukning turi ko‘rsatilgan bo‘ladi. O‘z vaqtida hamda sifatli ma’lumotlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish stansiya boshlig’i zimmasiga yuklatilgan.
2. Stansiya ish hajmini hisobi.
2.1. “N” uchastka stansiyasi ish hajmini hisoblash.
Yuk ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari, yuk poyezdlari tuzish rejasining manzillari bo‘yicha stansiya vagon oqimlari, stansiyaning rejaviy poyezd ishlari vedomosti asosida hisoblanadigan stansiya poyezd oqimlari va yuk poyezdlari tuzish rejasi bo‘lib, ular 2.1., 2.2., 2.3. jadvallarda keltirilgan.
2.1.jadval
Stansiya yuk ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |