Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Viloyatining geologik, gidrogeologik va tuproq sharoitlari.
- kapillyar va
Iqlimga oid tushunchalar. Qargʻaning uchib ketmasligi - sovuqdan,
qargʻalarning daraxtning eng baland shohlariga qoʻnishi - issiqlikdan, bulbullarning sayrashi - chigit qadalish vaqtidan, otardagi qoʻylarning kechga bir toʻpga toʻplanib yotishi - sovuqlikdan, turnalarning baland uchishi - issiq qishdan, past va erta uchib ketishi - sovuq qishdan, kuzda daraxt barglarining uzoq vaqt davomida toʻkilishi - qishning uzun va sovuq boʻlishidan, kuzning quruq kelishi - bahorning quruq boʻlishidan, yozning oxirgi oyi-avgustning yogʻinsiz boʻlishi - kuzning yaxshi kelishidan dalolatdir. Iqlim- muayyan bir joy uchun odatdagi ob-havo tartibi. Har bir yarim sharda besh asosiy ob-havo zonasi bor: tropik, subtropik, iliq moʻtadil, sovuq mo‘tadil va qutb zonalari. Nam tropik oʻrmon bilan qoplangan tropiklarning yozi ham, qishi ham bab- baravar issiq. 46 Subtropik zonaning yozi issiq va quruq, qishi uzun yomgʻir mavsumi bilan oʻtadi. Yer yuzidagi eng katta choʻllar va qurgʻoqchil dashtlar ham shu zonada joylashgan. Markaziy Yevropaning koʻp qismi iliq mo‘tadil zonada joylashgan. Bu yerda yilning barcha toʻrt fasli aniq-ravshan oʻtadi. Iqlimi odam uchun juda qulay. Shimolga yaqinlashgan sari sovuq moʻtadil zona choʻzilgan. U yerning yozi qisqa va sovuq, qishi uzun va qorli. 2.3. Viloyatining geologik, gidrogeologik va tuproq sharoitlari. Sugʻoriladigan maydonlarning geologik, gidrogeologik sharoitlari turli- tumanligi bilan xarakterlanadi. Gidrogeologik qidiruv va tadqiqot ishlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat hisoblanadi: melioratsiya obyekti gidrogeologik sharoitini oʻrganish, melioratsiya ta’siridan gidrogeologik sharoitning oʻzgarishini oldindan aytib berish (bashorat), gidrogeologik hisoblarni bajarish - sugʻorish kanallaridan va suv quyishdan filtratsiyaga yoʻqotiladigan suv miqdorini hisoblash, sizot suvlarining koʻtarilishini va sun’iy zovurlarni hisoblash, sugʻorish uchun yer osti suvlarini tortib oladigan suv yigʻuvchi inshootlarni hisoblash va boshqalar. Sugʻoriladigan hudud chegarasida joyning geologik tuzilishiga va sizot suvlarining harakat (oqish) sharoitiga qarab yirik suv ayirgichlardan to yon bagʻir etaklarigacha va qolaversa, daryolargacha turli gidrogeologik zonalar ajratilishi mumkin. Ularning tabiiy sharoiti bir – biridan ancha farq qiladi. Bu esa tuproq hosil boʻlish jarayonining borishiga hamda yerning meliorativ holatiga katta ta’sir koʻrsatadi. Birinchi gidrogeologik zona - yer usti suvlarining singib kirish zonasi. Daryolarning konus yoyilmalari ustki qismini va butun suv yigʻish maydonini qamraydi. Bu nisbatan baland togʻ oldi yerlar boʻlib, nishabi katta, iqlimi esa salqin boʻladi. Yiliga 400 - 600 mm va undan koʻp yogʻingarchilik boʻladi. Ustki qatlami uncha qalin boʻlmagan, ba’zan 1,5-2 m gacha boradigan mayda tuproq (qumoq tuproq, gil) dan iborat. Mayda tuproqli qatlamda qisman qum, shagʻal, 47 mayda tosh aralashgan boʻladi. Bu esa tuproqning suv shimuvchanligini oshirishga sabab boʻladi. Undan pastda, yer yuzasiga yaqin suv oʻtkazuvchanligi yaxshi, qalin (oʻnlab, ba’zan esa yuzlab metr) qatlam (shagʻal, mayda tosh) joylashadi. Bu qatlam uncha suv oʻtkazmaydigan jins ustida joylashadi. Bu zonada sizot suvlari bosimsiz boʻlib, odatda, sathi ancha chuqur (10-30 metr va undan ham chuqur) joylashadi. Sizot suvlarining oqish tezligi katta boʻlganligi sababli bu yerda tuz toʻplanish hodisasi roʻy bermaydi. Shuning uchun bu zonadagi sizot suvlari chuchuk boʻlib mineralizatsiyasi 0,25 g/l dan oshmaydi. Hudud tabiiy yaxshi zovurlashganligi sababli sizot suv sathining koʻtarilishi roʻy bermaydi. Nishabi katta, tuproqning suv oʻtkazuvchanligi, yer osti suvlarining oqimi yaxshi boʻlganida, bu yerdagi barcha tuzlar, yo oqar suvlar, yoki sizot suvlar bilan birgalikda past joylashgan gidrogeologik zonalarga oqizib yuboriladi. Shu tufayli birinchi zona hamisha meliorativ jihatdan qulay hisoblanadi. Bu yerlarda suvdan foydalanish sharoiti va yerdan foydalanish koeffitsientining qanday boʻlishidan qat’iy nazar, yerlar shoʻrlanmaydi va botqoqlanmaydi. Ikkinchi gidrogeologik zona - sizot suvlarining sirtga tepish zonasi. Bu zona birinchi zonani daryolar konus yoyilmalarining cheti boʻlib joylashgan ancha tor polosa bilan oʻrab olgan boʻladi. Birinchi zonaga qaraganda bu yerlarning nishabi kichikroq boʻladi. Bugʻlanish koʻp boʻlishi bilan birga iqlimi ham ancha issiq. Mayda tuproqli ustki qatlam ancha qalin boʻlib, grunt juda mayda fraksiyalardan tuziladi. Mayda tuproqli prolyuvial yotqiziqlar tagida mayda shagʻal va qumlar yotadi. Bu zonada sizot suvlari yer yuziga yaqin (0,5 - 2 m) joylashadi yoki yer yuziga buloq kabi tepib chiqadi. Tepib chiqish zonasidagi sizot suvlar oqish tezligi nisbatan katta boʻlganidan bu zonaning tuprogʻi ham shoʻrlanmagan (tarkibidagi tuzlar 0,2-0,4 g/l atrofida) boʻladi. Faqat ayrim joylardagina toʻxtab qolgan yoki juda sekin oqadigan sizot suvlar koʻproq minerallashgan (tarkibidagi tuzlar 1-1,5 g/l) boʻladi. Sirtga tepish zonasidagi sizot suv sathining pastida suv oʻtkazmaydigan, qattiq kalsiy karbonat (CaCO 3 ) qatlam (choʻkindi)lari tez-tez uchrab turadi. CaCO 3 ning miqdori 60 – 70%, qatlam qalinligi bir necha santimetrdan bir necha detsimetrgacha boradi. Bular Oʻzbekistonda – shoh, 48 Qirgʻizistonda – kampirtosh deyiladi. Arziq qatlam deyiladigan qatlamlar ham uchrab turadi. Bu qatlamlar gips (CaSO 4 ), ohak (CaCO 3 ) va tarkibida gips koʻproq boʻlgan boshqa tuzlardan iborat. Shuning uchun bunday tuproqlarda zax qochirish melioratsiyasining biror tadbirini koʻrish talab qilinadi. Uchinchi gidrogeologik zona – sizot suvlarning tarqalish (bugʻlanish) zonasi. Bu zona maydoni eng katta boʻlib, kichik daryolar (masalan, Soʻx, Shohimardon, Murgʻob va boshqalar)ning qirgʻoq deltalariga, yirik daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Chu, Ili va boshqalar)ning oʻrta va quyi oqimlariga, shuningdek, choʻl (Qizilqum, Qoraqum) tekisliklarining katta qismlariga toʻgʻri keladi. Bu zonada sizot suvlar ustki qatlamining harakati gʻoyat sust (koʻp hollarda yiliga metrlar ulushida)dir. Shuning uchun sizot suvining shu qismi deyarli harakatsiz suv havzalaridan iborat boʻlib qoladi. Lekin sizot suvining ustki va ostki qatlamlari bir – biridan ajratib qoʻyilgan emas, shuning uchun bu qatlamlarda doimo oʻzaro vertikal suv almashinuvi boʻlib turadi. Uchinchi gidrogeologik zonaga kirib keluvchi yer osti va filtratsiya suvlari sizot suvlariga qoʻshiladi va bu suv asosan bugʻlanib ketadi. Shuning uchun bu yerdagi zona - sizot suvlarining bugʻlanish zonasi deyiladi. Zonadagi sizot suvlari shoʻrlangan boʻladi. Ularning minerallashish darajasi sugʻoriladigan yerlarda 2-3 dan 8 - 10 g/l atrofida, sugʻorilmaydigan yerlarda esa 50 - 100 g/l gacha va undan koʻp (qattiq qoldiq) boʻladi. Bu zona sizot suvlari uzoq muddat davom etgan geologik davrda asta - sekin shoʻrlangan. Sizot suvlarining bunday shoʻrlanishiga, birinchidan, yuqorida joylashgan gidrogeologik zonadan tuzlarning uzluksiz kelib qoʻshilishi, ikkinchidan, bu suvlarning bugʻlanish jarayonida tuz konsentratsiyasining asta - sekin koʻpayishi sabab boʻlgan. Lekin zarur meliorativ tadbirlar koʻrilsa, bu yerlardagi shoʻrlanish jarayoniga barham berilib, shoʻrlagan tuproq esa shoʻrsizlantirib ekin ekish uchun yaroqli holga keltirilishi mumkin. Toʻrtinchi gidrogeologik zona - sohil zonasi. Bu zona daryo vodiy terrasalari (pogʻonalari) allyuvial yotqiziqlarida bunyodga kelgan daryo sohil tuproqlarini oʻz ichiga oladi. Bu yotqiziqlarda yirik va mayda donali loy oqizindilar turlicha boʻladi. Sohillarni har yil yoki davriy ravishda toshqin suvlar bosganidan keyin, unda ma’lum darajada (koʻp hollarda organik moddalari kam boʻlgan) oqizindi 49 qatlami hosil boʻladi. Sohil zonalarga yirik daryolarning suv bosadigan delta qismlari ham kiradi. Joyning relyefiga, tuproq - grunt xarakteriga, suv toshqini bosadigan yerning kattaligi va toshqin soniga, shuningdek, sizot suvlarining harakat sharoitiga qarab sohilning turli qismlarida sizot suv sathi va minerallashish darajasi ham turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, Mirzachoʻlda Sirdaryo sohili oʻzlashtirila boshlagan davrda turli uchastkalaridagi sizot suvlar (har litrida 1 grammdan 5 grammgacha qattiq qoldiq boʻlganda) 1m dan 3,5m gacha (ba’zi joylarida yuza) chuqurlikda joylashgan edi. Shunga qaramasdan, bu yerlarda sizot suvining yuza joylashganligi, minerallashish darajasi oshganligi va bu suvning daryo suvi ta’sirida damlanishi tufayli sohillardagi shoʻrlangan tuproqning ancha qismini melioratsiya qilish bir oz qiyinlashadi. Shu bilan koʻpgina hollarda ularning zovurlashganligini oshirish, shoʻr yuvish, sizot suvlarini chuchuklashtirish boʻyicha tadbirlar koʻrish talab qilinadi. Tabiiy sharoitda ona jins parchalanishi natijasida har xil kattalikdagi zarrachalar hosil boʻladi. Asosiy omillar va sharoitlarning oʻzaro chambarchas bogʻliq boʻlgan va muntazam ta’siri natijasida hosil boʻlgan tuproqda oʻziga xos fizik va fizik-mexanik xususiyatlar shakllanadi. Tuproqning umum fizik xossalariga uning zichligi, gʻovakligi, suv, havo, issiqlik, elektr va radioaktiv xossalari kiradi. Tuproqning umumiy gʻovakligi quyidagicha boʻlishi mumkin: qum tuproqlar 30 - 40 %, qumloq tuproqlar 40 – 45 %, qumoq tuproqlar 45 - 50 %, soz tuproqlar 50 - 60 %. Tuproq qatlamidagi boʻshliqlarning katta-kichikligiga qarab kapillyar va Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling