43
Mikrorelyef - relyefning kichik formasi boʻlib,
uning elementlari makro va
mezorelyeflarda bor.
Bular balandliklari bir necha santimetr, ba’zida oʻnlab santimetr chegarasida,
gorizontal uzunligi esa metr, ba’zida oʻnlab metr bilan (oʻnqir-choʻnqirlik,
pastqamlik, uvat, joʻyak, pushta va boshqalar) oʻlchanadigan mikrobalandlik yoki
mikropastlikdir.
2.2. Hududning tabiiy iqlim sharoitlari.
Oʻzbekiston yer sharining
shimoliy yarim sharida, dengiz va okeanlardan
uzoqda, Yevrosiyo qit’asining oʻrta qismida, subtropik mintaqada joylashgan.
Uning 80 % maydoni choʻl va yarim choʻllardan iborat.
Asosiy iqlim hosil
qiluvchi omil quyosh radiatsiyasining oqimidir. Yozgi davrda bu qiymat 800-1000
Mj/m
2
ni tashkil etadi. Yozda qizigan choʻl ustidan tropik Turon havosi
hukmrondir.
Quyosh
radiatsiyasi, umumiy havo almashinuvi va relyef sharoiti
Oʻzbekiston iqlimini keskin oʻzgaruvchan, subtropik iqlim holatiga olib kelgan.
Oʻzbekiston maydonini 3 ta iqlim zonasiga:
choʻl va quruq dasht, togʻoldi
va togʻli zonalarga boʻlinadi.
1.Choʻl va quruq dasht iqlim zonasi (2.3-rasm). Bu zonaga yer sathi
(dengiz sathidan) 400 m dan past boʻlgan maydonlar (Qizilqum,
Qarshi va
Dalvarzin choʻllari) kiradi. Bu yerlardagi yillik yogʻin miqdori 200 mm dan kam.
Muzlamaydigan kunlar esa 190-200 kunni tashkil qiladi.
Vegetatsiya davridagi samarali musbat haroratlar yigʻindisi 2000-2900
0
C ni
tashkil qiladi.
Qishki oʻrtacha harorat - (2-8)
0
C ni, yozgisi esa +(25-30)
0
C ni tashkil etadi.
Eng past harorat – 38 - 39
0
C, eng yuqori harorat + 50
0
C gacha kuzatilgan.
Bahorgi eng soʻnggi sovuqlar may oyida, kuzgi dastlabki sovuqlar sentyabr
oyida kuzatiladi.
44
Oʻrtacha shamol kuchi 4-6 m/s, kuchli
shamollar 15 m/s gacha boʻlib,
ularning davomiyligi 30-35 kunni
tashkil etadi.
Changli shamollar ham
vaqti-vaqti bilan vujudga keladi.
2.3-rasm. Choʻl va dasht iqlim zonasi
Do'stlaringiz bilan baham: