Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/37
Sana18.10.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1708446
TuriУчебное пособие
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

nokapillyar gʻovaklikka ajraladi. Odatda nokapillyar boʻshliqlarda suvni kapillyar 
kuchi ta’sirida ushlab turolmaydi va oʻz ogʻirligi ta’sirida pastga shimilib ketadi
boʻshliqlar havo bilan toʻladi.
Gʻovaklik ikki turga boʻlinadi: agregatlar orasidagi va agregatlar ichidagi 
gʻovaklik. Agregatlar ichidagi gʻovaklik odatda tuproq donalari - mikro va 
makroagregatlar ichida shakllanadi va tuproqning suv ushlab turish qobiliyatini 
ifodalaydi.


50 
Tuproqning fizik-mexanik xossalari deganda uning tashqi va ichki kuch 
tasirida oʻzgarishi tushiniladi. Ularga tuproqning boʻkishi, choʻkishi, plastikligi, 
yopishqoqligi, qattiqligi tushiniladi. Bunda: tuproqning boʻkishi - tuproq hajmining 
namlanganda ortishi, tuproqning choʻkishi - tuproq quriganda hajmining 
kamayishi, tuproq plastikligi - ma’lum darajada namlanganda unga berilgan 
shaklni saqlab turishi, tuproq yopishqoqligi - nam tuproq zarrachalarining biron 
jism yoki ishlov berish qurollariga yopishishi, tuproq bogʻliqligi - tuproq 
zarrachalarining oʻzaro ilashuvchanligi yoki bir-biriga tortilishi, tuproq qattiqligi - 
tuproqning qattiq jism ta’siriga qarshilik koʻrsatishi.
Tuproq qatlamlaridan oʻtayotgan suvda erigan ion yoki molekula holidagi 
har xil moddalarning tuproqda ushlanib qolishi tuproqning singdirish qobiliyati 
deyiladi.
Tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlar turli birikmalar koʻrinishida mavjud 
boʻladi. Turli tuproqlarda yoki ular genetik qatlamlari profilida elementlar miqdori 
ba’zan keskin koʻpayib yoki kamayib turishi mumkin.
Tuproqlar kimyoviy tarkibining oʻziga xos tomoni - ularda uglerod va 
azotning koʻp boʻlishidir. Kimyoviy tarkibning biroz oʻzgarishi tuproqning ustki 
qismlarida kuzatiladi. Chunki bu yerda oʻsimlik qoldiqlarining koʻp toʻplanishi 
organogen elementlarining ham koʻproq boʻlishiga olib keladi.
Tuproq tarkibidagi makroelementlarning oʻrtacha miqdori quyidagicha: 
kremniy 20 %, uglerod 5 %, kislorod 55 %, vodorod 5 %, azot 0,1 %, fosfor 0,08 
%, oltingugurt 0,04 %, alyuminiy 7 %.  
Tuproq 
tarkibida 
makroelementlardan 
tashqari 
mikro 
va 
ultramikroelementlar ham mavjud. Oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi uchun, 
masalan, boʻr, marganets, mis, rux, kobalt, molibden, yod kabi mikroelementlar 
ham zarur boʻladi 
Nazorat savollari: 
1. Relyef nima? 
2. Relyefning turlari va shakllarini misollar bilan tushuntiring. 


51 
3. Yerning materiklari qanday maydonlardan tashkil topgan, tushuncha 
bering. 
4. Hududning tabiiy iqlim sharoitlari nimalarni oʻz ichiga oladi? 
5. Geologik, gidrogeologik va tuproq sharoitlari deganda nima tushuniladi? 
6. Tuproqning umum fizik xossalariga nimlar kiradi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling