Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/37
Sana18.10.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1708446
TuriУчебное пособие
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

Tayanch iboralar: Relyef, materik, geologiya, gidrogeologiya va tuproq. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


52 
III. Texnik qism. 
3.1. Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida umumiy ma’lumotlar. 
Loyihaviy yer fondi hisobi hisobini amalga oshirishdan oldin fermer xoʻjalik 
boʻyicha quyidagi ma’lumotlar yoritilishi kerak: 
1.Geografik joylashgan oʻrni. Joylashgan viloyat, tuman, hudud, 
chegaralari, suv manbai, suv bilan ta’minlanganligi va boshqalar.
Masalan: Fermer xoʻjaligi, SIU hududi, tuman va viloyatdagi jaylashgan 
oʻrni va chegaralari, suv bilan ta’minlanganligi (kanalga nisbatan joylashishi: 
yuqori-oʻrta va quyi qismida, kanalni tuzilishi va boshqalar). 
2.Relyefi. Yer yuzasi tuzilishi, uning murakkab yoki oddiyligi, togʻli, togʻ 
oldi yoki tekisligi, past balandligi, nishabligi, suv oqimi boʻyicha yerning 
oʻzgarishi va boshqa ma’lumotlar toʻliq yoritilishi talab qilinadi. 
Masalan: Yer yuzasi tuzilishi ancha murakkab boʻlib, yer yuzasi sharqdan 
gʻarbga pasayib adirlarga, soʻngra esa tekisliklarga aylanib ketadi. Taxminan 
yarmidan koʻproq qismini tekislik va uncha baland boʻlmagan oʻnqir - choʻnqir 
tepaliklardan iborat (250 - 500 metr dengiz sathidan baland). Shimoldan, sharqdan 
va janubiy - sharqdan gʻarbga tamon choʻzilgandir. Janubiy - gʻarbga tomon esa 
pasayib boradi. Katta maydonga ega boʻlgan yerda joylashgan. 
3.Iqlimi. 
Fermer 
xoʻjalikka 
yaqin 
joylashgan 
meteostansiyadagi 
ma’lumotlar olinadi va tahlil qilinadi. Shu asosda fermer xoʻjalik joylashgan 
hududda qoʻllaniladigan barcha tadbirlar belgilanadi.
Masalan: Fermer xoʻjalik joylashgan hududdagi iqlimiy koʻrsatkichlar: havo 
harorati, havoning oʻrtacha nisbiy namlagi, yogʻingarchilik miqdori, namlik 
tanqisligi, shamol tezligi, quyoshning chiqish davomiyligi, vegetatsiya davri 
davomiyligi, foydali harorat yigʻindisi va boshqalar olinadi xamda tahlil qilinadi. 
Shu orqali yetishtiriladigan qishloq xoʻjalik ekinlar turi va qoʻllaniladigan sugʻorish 
usulini tanlab olish boʻyicha tahliliy natijalar keltirib oʻtiladi. 
4.Geologiyasi. Xoʻjalik joylashgan hududdagi qishloq xoʻjalik ekinlari 
yetishtiriladigan maydonning geologiyasi boʻyicha, geologik tomondan joylashuvi 
va boshqalar.


53 
Masalan: Fermer xoʻjalik joylashgan hudud boʻyicha taqribiy geologik 
qirqim joylashuvi taqdim qilinadi xamda shu asosda topshiriq bajariladi. Shunday 
boʻlsada magistr fermer xoʻjalik joylashgan viloyat, tuman va hududi boʻyicha 
geologik qirqimlardan foydalanilgan (togʻ tizmlari yoki boshqalar) xolda tanlab 
olingan yoki topshiriq asosida berilgan fermer xoʻjalik qay darajada mosligi 
aniqlanadi. 
5.Gidrogeologiyasi. Xoʻjalik joylashgan hududdagi gidrogeolgik holat, 
gidrogeologik rayonlashtirish, yer usti va yer osti suvlari manbalari, ularning 
oʻzgarishi va boshqalar.
Masalan: Fermer xoʻjalik joylashgan hudud boʻyicha gidrogeologik sharoit 
va uning shakllanish sharoitlari keltirib oʻtiladi. Shu bilan bir qatorda yer usti va 
yer osti suvlarining shakllanishida yoki oʻzgarishida sugʻorish manbai jumladan: 
daryo xamda kanallar, tik va yotiq zovurlar, ochiq kollektor-zovur tarmoqlaring 
mavjudligi xamda ulardagi suvlarning mineralizatsiyalashganlik darajasi aniq 
keltirib oʻtilishi kerak.
6.Tuproqlari. Fermer xoʻjalikdagi tuproqning mexanik tarkibi va uning 
shoʻrlanish darajasi, viloyat, tuman va hududda yetishtirilayotgan ekin turlarining 
tuproq shoʻrlanish darajasiga mos ravishda yetishtirilshi boʻyicha toʻliq 
ma’lumotlar berilishi kerak. 
Masalan: Fermer xoʻjalikdagi tuproq qoplami oʻziga xosligi, uning ona 
jinsiga, relyefiga, yer osti va yer usti suvlari ta’sirida oʻzgarishi, xamda tuproq va 
oʻsimliklari turli-tumanligi, tarqalgan va eskidan sugʻoriladigan tuproqlar tarkibi, 
shoʻrlanganlik darajasmi va boshqa bir qator ma’lumotlar keng yoritilishi talab 
qilinadi. 
7. Xulosa. Fermer xoʻjalikning geografik joylashuvi, relyefi, tabiy-iqlim 
sharoiti, geologik va gidrogeologik shart - sharoitlari, tuproq - meliorativ 
sharoitlari xamda mintaqaning meliorativ holatini oʻrganish, xamda yer osti 
suvlarining shakllanishi, ularning yaqin yoki uzoq joylashganligi hamda 
viloyatdagi havo haroratining oʻzgarishi va bugʻlanish miqdorining mavjudligi 


54 
bilan bir qatorda, hududda bajariladigan agrotexnik tadbirlar toʻgʻrisida qisqacha 
xulosa keltirib oʻtilishi kerak. 
Topshiriqni bajarish boʻyicha misol keltirib oʻtamiz. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling