Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma
4.7. Tomchilatib sugʻorish tizimi.
Ekinlarni yer ustidan egatlab sugʻorishda koʻp tadbirlar qoʻl kuchi bilan bajariladi, eng muhimi qishloq xoʻjalik ekinlari uchun zarur boʻlgan suv bu usulda talab qilingan me’yorga nisbatan ancha (25 - 30 %) ortiqcha sarflanadi. Egatlarga suvni toʻgʻri taqsimlanmasligi oqibatida egat tubiga solingan mineral oʻgʻitlar suv bilan yuvilib yoki quyi qatlamlarga shimilib, ularning samarasi kamayadi, me’yoridan ortiqcha sugʻorish tuproqning meliorativ-ekologik holatiga, kollektor - zovur tarmoqlarining ish faoliyatiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Taraqqiy etgan jahon mamlakatlarida uzoq yillar davomida qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorishda eng zamonaviy tejamkor, kompyuterlashtirilgan tomchilatib sugʻorish usulidan keng foydalanib kelinmoqda. Chet el va Oʻzbekistonning shu soha olimlari hamda mutaxassislari tomonidan tomchilatib sugʻorish usulining boshqa texnika va texnologiyalarga nisbatan afzallik tomonlari ma’lum darajada oʻrganilib ishlab chiqarishda qoʻllanimoqda. Tomchilatib sugʻorish usulida ekin turlari boʻyicha 1 ga maydonda egatlab sugʻorishga nisbatan 40 - 55 % gacha suvni tejalishi, 1,5 - 2 barobar mehnat sarfini 91 kamayishi, 35 - 40% gacha mineral oʻgʻitlarning tejalishi, paxta hosildorligining 10st/ga dan yuqori boʻlishi aniqlangan. Tomchilatib sugʻorish tizimining oʻziga xosligi uning bosim ostida ishlovchi suv taqsimlovchi doimiy tarmoqdan iboratligi bilan belgilanadi. Ushbu tarmoq oʻsimlikning suvga boʻlgan ehtiyojiga teng me’yordagi suvni uzluksiz va muntazam ravishda ekinlarning ildiz qatlamiga yetkazib beradi. Tomchilatib sugʻorishda oʻsimlik ildiz qatlami namligini doimiy bir xilda ushlab turilishi tufayli oʻsimlikning bir tekis rivojlanishiga imkoniyat yaratiladi. Bunda tuproqning namlanishi asosan kapillyarlar hisobiga amalga oshiriladi, natijada tuproqning suv - fizik xossalarida keskin oʻzgarishlar boʻlmaydi. Tomchilatib sugʻorish tizimlarni hamma joyda, hatto boshqa sugʻorish usullarini qoʻllash mumkin boʻlmagan yoki qoʻllash samara bermaydigan sharoitlarda, ya’ni: murakkab relyefli va nishabligi katta uchastkalarda; qurgʻoqchilik uzoq davom etadigan va shamoli kuchli boʻlgan hududlarda; tuproq qatlami yupqa va suv shimilishi yuqori boʻlgan maydonlarda; sugʻorish suvini yetkazib berish qimmatga tushadigan (nasoslar yordamida suv beriladigan) hududlarda va sugʻorishga tozalangan chiqit suvlar ishlatiladigan holatlarda qoʻllash mumkin. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling