Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»
Egatlarga toʻshalgan plyonkalar orqali sugʻorish
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma
4.6. Egatlarga toʻshalgan plyonkalar orqali sugʻorish.
Egatga plyonka toʻshab sugʻorish bu asosan chigit ekishdan oldin tuproqdagi issiqlikni sun’iy tomondan yaratishdan iborat. Plyonka sifatida mulchadan foydalanish chet el davlatlarida keng miqyosda foydalaniladi. Mulcha sifatida eng yaxshisi maxsus mulchalash plyonkasini ishlatgan ma’qul. Mulchalash plyonkasini ishlatganda beistisno tomchilatib sugʻorishdan foydalanish zarur. Qatorni yoki pushtani mulchalash plyonkasi bilan yopishdan avval bevosita tomchilatib sugʻorish ichagi ana shu pushtaning oʻrtasiga yotqiziladi. Bu orqali tuproqda oʻsimlik uchun zarur boʻlgan namlikni uzoq muddatda saqlashga imkoniyat yaratiladi xamda daladan boʻladigan bugʻlanishni qisqartishga erishiladi (4.2- rasm). a b 4.2-rasm. Yerni tayyorlash va mulchalovchi plyonka usuli Tomchilatib sugʻorish ichagini hosil qilingan pushtaning markazi boʻylab yotqizgandan keyin, uning ustiga mulchalovchi plyonka yopib chiqiladi. Bir muncha sovuq va nam iqlim sharoiti uchun pushtalar baland va qora rangli mulchalovchi plyonka ishlatilgan (4.2 a- rasm). Oʻng tarafda - issiq iqlim sharoiti uchun olingan past pushtalar va maxsus, nihoyatda arzon narxli mulchalovchi plyonka keltirib oʻtilgan (4.2 b- rasm). 89 AQSHlarida plyonka ostida yetishtirilgan gʻoʻzadan bugʻlanishning kamayishi hisobiga plyonkasiz ekilganga nisbatan hosildorlik 1,49 marta, uzumda 2,2 marta, dukkakli oʻsimliklarda 1,27 marta yuqori boʻlgan tuproqdagi namlik 40 - 50 % saklanganligi olimlar tomonidan aniqlangan (E.Staff va boshqalar). Respublikamizda plyonka ostida paxta yetishtirishni vatani Andijon viloyati (Fargʻona vodiysi) hisoblanadi. Bu texnologiyani ijobiy tomonlari: paxta hosildorligi 10st/ga ortishi; sugʻorish suvining iqtisodi 40 foizgacha tejalishi; erta ekish - erta pishishi; tuproqqa ishlov beruvchi texnikalarning sarf - xarajatlarini 30 - 60 foizga kamayishi (O.Yakubjanov 1997) olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida isbotlangan. Plyonka ostida yetishtirilganda paxta hosildorligining ortishini, oddiy usulga nisbatan quyidagicha izoxlash mumkin: bir qatorli tartibda urugʻ qadalgan xar gektar yerda koʻchat qalinligi gektariga 140-142 ming tupga etishi; plyonka ostidagi tuproq haroratining ortishi gʻoʻza rivojlanishini tezlashtirishi; tuproqda nam zahirasining saqlanishi; oʻgitdan foydalanish samaradorligining ortishi; yog‘ingarchilik yillarida unumdor qatlamda tuproqning qatqaloqdan saqlanishi va boshqalar. Qishloq xoʻjalik ekinlari yetishtiriladigan maydon sharoitiga karab ochiq usulda ekilgan gʻoʻzaga nisbatan plyonka ostiga ekilganda yaqin ikki barobar kam suv beriladi va kultivatsiya qilinadi. Plyonka ostiga ekilgan gʻoʻza ildizi diomo namlikda boʻlganligi uchun dalani boshida xam, oxirida xam gʻoʻzaning bir xil rivojlanishiga imkoniyat yaratiladi (Obidov K., Sultonov M., 1997 y). Xozirgi vaqtda qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishda suv tejamkor sugʻorish texnologiyalarni qoʻllash va mavjud sugʻorish texnologiyalarini takomillashtishga katta e’tibor berilishi bejis emas. Suv tejamkor sugʻorish texnologiyalarni qoʻllash orqali oʻsimlik uchun zarur boʻlgan suv-ozuqa-havo tartibotlari maromida boʻlishi ta’minlanadi xamda qishloq xoʻjalik ekinlarining 90 hosildorligi oshishiga erishiladi. Plyonka ostiga qishloq xoʻjalik ekinlari jumladan paxtani yetishtirishda olib borilagan ilmiy tadqiqot izlanishlarni tahlil shuni koʻrsatadiki, bu texnologiyani qoʻllash orqali suv tejalishi ekin uchun maqbul sharoit yaratilishi katta ahamiyatga ega. Qurgʻoqchilik kelgan yillarida, qurgʻoqchilik, yuqori harorat va suv tanqisligini oldini olish, paxtadan yuqori hosil yetishtirish uchun mahalliy oʻgʻitlarni keng qoʻllash, chigitni pushtaga ekish, mineral hamda mahalliy oʻgʻitlardan samarali foydalanish, plyonka ostiga ekish, suv tejash usullarini joriy etish, subirrigatsiyadan va minerallashgan (2 - 3 g/l) suvdan foydalanish, tuproq yuzasini somon, goʻng, polietilen plyonka va h.k. bilan qoplab mulchalash, tomchilatib, diskret, qator oralatib kabi va boshqa agrotexnologiyalar yaratilib ishlab chiqarishda qoʻllanilmoqda. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling