Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/37
Sana30.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1309298
TuriУчебное пособие
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

Iqlimga oid tushunchalar. Qargʻaning uchib ketmasligi - sovuqdan
qargʻalarning daraxtning eng baland shohlariga qoʻnishi - issiqlikdan, 
bulbullarning sayrashi - chigit qadalish vaqtidan, otardagi qoʻylarning kechga bir 
toʻpga toʻplanib yotishi - sovuqlikdan, turnalarning baland uchishi - issiq qishdan, 
past va erta uchib ketishi - sovuq qishdan, kuzda daraxt barglarining uzoq vaqt 
davomida toʻkilishi - qishning uzun va sovuq boʻlishidan, kuzning quruq kelishi - 
bahorning quruq boʻlishidan, yozning oxirgi oyi-avgustning yogʻinsiz boʻlishi - 
kuzning yaxshi kelishidan dalolatdir.
Iqlim- muayyan bir joy uchun odatdagi ob-havo tartibi. Har bir yarim sharda 
besh asosiy ob-havo zonasi bor: tropik, subtropik, iliq moʻtadil, sovuq mo‘tadil va 
qutb zonalari.
Nam tropik oʻrmon bilan qoplangan tropiklarning yozi ham, qishi ham bab-
baravar issiq.


46 
Subtropik zonaning yozi issiq va quruq, qishi uzun yomgʻir mavsumi bilan 
oʻtadi. Yer yuzidagi eng katta choʻllar va qurgʻoqchil dashtlar ham shu zonada 
joylashgan.
Markaziy Yevropaning koʻp qismi iliq mo‘tadil zonada joylashgan. Bu 
yerda yilning barcha toʻrt fasli aniq-ravshan oʻtadi. Iqlimi odam uchun juda qulay.
Shimolga yaqinlashgan sari sovuq moʻtadil zona choʻzilgan. U yerning yozi 
qisqa va sovuq, qishi uzun va qorli.
2.3. Viloyatining geologik, gidrogeologik va tuproq sharoitlari. 
Sugʻoriladigan maydonlarning geologik, gidrogeologik sharoitlari turli-
tumanligi bilan xarakterlanadi.
Gidrogeologik 
qidiruv 
va 
tadqiqot 
ishlarining 
asosiy 
vazifalari 
quyidagilardan iborat hisoblanadi: melioratsiya obyekti gidrogeologik sharoitini 
oʻrganish, melioratsiya ta’siridan gidrogeologik sharoitning oʻzgarishini oldindan 
aytib berish (bashorat), gidrogeologik hisoblarni bajarish - sugʻorish kanallaridan 
va suv quyishdan filtratsiyaga yoʻqotiladigan suv miqdorini hisoblash, sizot 
suvlarining koʻtarilishini va sun’iy zovurlarni hisoblash, sugʻorish uchun yer osti 
suvlarini tortib oladigan suv yigʻuvchi inshootlarni hisoblash va boshqalar. 
Sugʻoriladigan hudud chegarasida joyning geologik tuzilishiga va sizot 
suvlarining harakat (oqish) sharoitiga qarab yirik suv ayirgichlardan to yon bagʻir 
etaklarigacha va qolaversa, daryolargacha turli gidrogeologik zonalar ajratilishi 
mumkin. Ularning tabiiy sharoiti bir – biridan ancha farq qiladi. Bu esa tuproq 
hosil boʻlish jarayonining borishiga hamda yerning meliorativ holatiga katta ta’sir 
koʻrsatadi.
Birinchi gidrogeologik zona - yer usti suvlarining singib kirish zonasi. 
Daryolarning konus yoyilmalari ustki qismini va butun suv yigʻish maydonini 
qamraydi. Bu nisbatan baland togʻ oldi yerlar boʻlib, nishabi katta, iqlimi esa 
salqin boʻladi. Yiliga 400 - 600 mm va undan koʻp yogʻingarchilik boʻladi. Ustki 
qatlami uncha qalin boʻlmagan, ba’zan 1,5-2 m gacha boradigan mayda tuproq 
(qumoq tuproq, gil) dan iborat. Mayda tuproqli qatlamda qisman qum, shagʻal, 


47 
mayda tosh aralashgan boʻladi. Bu esa tuproqning suv shimuvchanligini oshirishga 
sabab boʻladi. Undan pastda, yer yuzasiga yaqin suv oʻtkazuvchanligi yaxshi, qalin 
(oʻnlab, ba’zan esa yuzlab metr) qatlam (shagʻal, mayda tosh) joylashadi. Bu 
qatlam uncha suv oʻtkazmaydigan jins ustida joylashadi. Bu zonada sizot suvlari 
bosimsiz boʻlib, odatda, sathi ancha chuqur (10-30 metr va undan ham chuqur) 
joylashadi. Sizot suvlarining oqish tezligi katta boʻlganligi sababli bu yerda tuz 
toʻplanish hodisasi roʻy bermaydi. Shuning uchun bu zonadagi sizot suvlari 
chuchuk boʻlib mineralizatsiyasi 0,25 g/l dan oshmaydi. Hudud tabiiy yaxshi 
zovurlashganligi sababli sizot suv sathining koʻtarilishi roʻy bermaydi. 
Nishabi katta, tuproqning suv oʻtkazuvchanligi, yer osti suvlarining oqimi 
yaxshi boʻlganida, bu yerdagi barcha tuzlar, yo oqar suvlar, yoki sizot suvlar bilan 
birgalikda past joylashgan gidrogeologik zonalarga oqizib yuboriladi. Shu tufayli 
birinchi zona hamisha meliorativ jihatdan qulay hisoblanadi. Bu yerlarda suvdan 
foydalanish sharoiti va yerdan foydalanish koeffitsientining qanday boʻlishidan 
qat’iy nazar, yerlar shoʻrlanmaydi va botqoqlanmaydi. 
Ikkinchi gidrogeologik zona - sizot suvlarining sirtga tepish zonasi. Bu zona 
birinchi zonani daryolar konus yoyilmalarining cheti boʻlib joylashgan ancha tor 
polosa bilan oʻrab olgan boʻladi. Birinchi zonaga qaraganda bu yerlarning nishabi 
kichikroq boʻladi. Bugʻlanish koʻp boʻlishi bilan birga iqlimi ham ancha issiq. 
Mayda tuproqli ustki qatlam ancha qalin boʻlib, grunt juda mayda fraksiyalardan 
tuziladi. Mayda tuproqli prolyuvial yotqiziqlar tagida mayda shagʻal va qumlar 
yotadi. Bu zonada sizot suvlari yer yuziga yaqin (0,5 - 2 m) joylashadi yoki yer 
yuziga buloq kabi tepib chiqadi. Tepib chiqish zonasidagi sizot suvlar oqish tezligi 
nisbatan katta boʻlganidan bu zonaning tuprogʻi ham shoʻrlanmagan (tarkibidagi 
tuzlar 0,2-0,4 g/l atrofida) boʻladi. Faqat ayrim joylardagina toʻxtab qolgan yoki 
juda sekin oqadigan sizot suvlar koʻproq minerallashgan (tarkibidagi tuzlar 1-1,5 
g/l) boʻladi. Sirtga tepish zonasidagi sizot suv sathining pastida suv 
oʻtkazmaydigan, qattiq kalsiy karbonat (CaCO
3
) qatlam (choʻkindi)lari tez-tez 
uchrab turadi. CaCO
3
ning miqdori 60 – 70%, qatlam qalinligi bir necha 
santimetrdan bir necha detsimetrgacha boradi. Bular Oʻzbekistonda – shoh, 


48 
Qirgʻizistonda – kampirtosh deyiladi. Arziq qatlam deyiladigan qatlamlar ham 
uchrab turadi. Bu qatlamlar gips (CaSO
4
), ohak (CaCO
3
) va tarkibida gips koʻproq 
boʻlgan boshqa tuzlardan iborat. Shuning uchun bunday tuproqlarda zax qochirish 
melioratsiyasining biror tadbirini koʻrish talab qilinadi. Uchinchi gidrogeologik 
zona – sizot suvlarning tarqalish (bugʻlanish) zonasi. Bu zona maydoni eng katta 
boʻlib, kichik daryolar (masalan, Soʻx, Shohimardon, Murgʻob va boshqalar)ning 
qirgʻoq deltalariga, yirik daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Chu, Ili va boshqalar)ning 
oʻrta va quyi oqimlariga, shuningdek, choʻl (Qizilqum, Qoraqum) tekisliklarining 
katta qismlariga toʻgʻri keladi. Bu zonada sizot suvlar ustki qatlamining harakati 
gʻoyat sust (koʻp hollarda yiliga metrlar ulushida)dir. Shuning uchun sizot 
suvining shu qismi deyarli harakatsiz suv havzalaridan iborat boʻlib qoladi. Lekin 
sizot suvining ustki va ostki qatlamlari bir – biridan ajratib qoʻyilgan emas, 
shuning uchun bu qatlamlarda doimo oʻzaro vertikal suv almashinuvi boʻlib turadi. 
Uchinchi gidrogeologik zonaga kirib keluvchi yer osti va filtratsiya suvlari sizot 
suvlariga qoʻshiladi va bu suv asosan bugʻlanib ketadi. Shuning uchun bu yerdagi 
zona - sizot suvlarining bugʻlanish zonasi deyiladi. Zonadagi sizot suvlari 
shoʻrlangan boʻladi. Ularning minerallashish darajasi sugʻoriladigan yerlarda 2-3 
dan 8 - 10 g/l atrofida, sugʻorilmaydigan yerlarda esa 50 - 100 g/l gacha va undan 
koʻp (qattiq qoldiq) boʻladi. Bu zona sizot suvlari uzoq muddat davom etgan 
geologik davrda asta - sekin shoʻrlangan. Sizot suvlarining bunday shoʻrlanishiga, 
birinchidan, yuqorida joylashgan gidrogeologik zonadan tuzlarning uzluksiz kelib 
qoʻshilishi, 
ikkinchidan, 
bu 
suvlarning 
bugʻlanish 
jarayonida 
tuz 
konsentratsiyasining asta - sekin koʻpayishi sabab boʻlgan. Lekin zarur meliorativ 
tadbirlar koʻrilsa, bu yerlardagi shoʻrlanish jarayoniga barham berilib, shoʻrlagan 
tuproq esa shoʻrsizlantirib ekin ekish uchun yaroqli holga keltirilishi mumkin. 
Toʻrtinchi gidrogeologik zona - sohil zonasi. Bu zona daryo vodiy terrasalari 
(pogʻonalari) allyuvial yotqiziqlarida bunyodga kelgan daryo sohil tuproqlarini oʻz 
ichiga oladi. Bu yotqiziqlarda yirik va mayda donali loy oqizindilar turlicha 
boʻladi. Sohillarni har yil yoki davriy ravishda toshqin suvlar bosganidan keyin, 
unda ma’lum darajada (koʻp hollarda organik moddalari kam boʻlgan) oqizindi 


49 
qatlami hosil boʻladi. Sohil zonalarga yirik daryolarning suv bosadigan delta 
qismlari ham kiradi. Joyning relyefiga, tuproq - grunt xarakteriga, suv toshqini 
bosadigan yerning kattaligi va toshqin soniga, shuningdek, sizot suvlarining 
harakat sharoitiga qarab sohilning turli qismlarida sizot suv sathi va minerallashish 
darajasi ham turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, Mirzachoʻlda Sirdaryo sohili 
oʻzlashtirila boshlagan davrda turli uchastkalaridagi sizot suvlar (har litrida 1 
grammdan 5 grammgacha qattiq qoldiq boʻlganda) 1m dan 3,5m gacha (ba’zi 
joylarida yuza) chuqurlikda joylashgan edi. Shunga qaramasdan, bu yerlarda sizot 
suvining yuza joylashganligi, minerallashish darajasi oshganligi va bu suvning 
daryo suvi ta’sirida damlanishi tufayli sohillardagi shoʻrlangan tuproqning ancha 
qismini melioratsiya qilish bir oz qiyinlashadi. Shu bilan koʻpgina hollarda 
ularning zovurlashganligini oshirish, shoʻr yuvish, sizot suvlarini chuchuklashtirish 
boʻyicha tadbirlar koʻrish talab qilinadi. 
Tabiiy sharoitda ona jins parchalanishi natijasida har xil kattalikdagi 
zarrachalar hosil boʻladi. Asosiy omillar va sharoitlarning oʻzaro chambarchas 
bogʻliq boʻlgan va muntazam ta’siri natijasida hosil boʻlgan tuproqda oʻziga xos 
fizik va fizik-mexanik xususiyatlar shakllanadi.
Tuproqning umum fizik xossalariga uning zichligi, gʻovakligi, suv, havo, 
issiqlik, elektr va radioaktiv xossalari kiradi.
Tuproqning umumiy gʻovakligi quyidagicha boʻlishi mumkin: qum 
tuproqlar 30 - 40 %, qumloq tuproqlar 40 – 45 %, qumoq tuproqlar 45 - 50 %, soz 
tuproqlar 50 - 60 %.
Tuproq qatlamidagi boʻshliqlarning katta-kichikligiga qarab kapillyar va 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling